Qöqon şahrida 17 yoşli Xurşid Haydarovni poyezd urib ketdi. Suriştiruv organi ösmir öz joniga qasd qilgan, degan xulosa tomon ketayotgandi. Ammo oradan bir oy ötib, marhumning onasi tuş köra boşlaydi. Unda marhum öğli öz joniga qasd qilmaganini, aksinça, öldirib, keyin poyezd yöliga taşlab ketişganini aytadi. Şu tuş sabab köz körib, quloq eşitmagan jinoyat foş böldi. Aybdorlar bor, iş sudga çiqqan, biroq ona jinoyatga aloqador ayrim şaxslar “suvdan quruq çiqib ketiş”ga urinayotganini aytmoqda.
Farğona viloyatining Qöqon şahrida köz körib, quloq eşitmagan holat sodir böldi: organ xodimlari poyezd urib ketgan 17 yoşli yigitni öz joniga qasd qilgan, deya xulosaga kelgan bir paytda onaning tuşlari ortidan bu aslida qotillik ekani oydinlaşdi. Ayni paytda jinoyat işi sudga çiqqan. Ammo iş sud ajrimi bilan tergovga qaytarilgan. Marhum Xurşid Haydarovning onasi ayrim aybdorlar gumonlanuvçidan guvohga aylanib qolganini aytmoqda.
Jinoyat işi hali sud jarayonida. Şu sababli kimnidir qotillikda ayblaşdan çekingan holda iş holatini tergov materiallari hamda jabrlanuvçi va guvohlarning intervyulari orqali boriça e’tiboringizga havola etişni lozim topdik.
Ganjiravonni qörqitgan signal
2025 yil 20 iyun. Soat 00:07. Qöqonning Kiçik Ganjiravon mahallasi. “Qöqon–Pop” yönalişida harakatlanib kelayotgan yuk poyezdi kutilmaganda töxtovsiz va qörqinçli signal berdi. Har kuni ötib-qaytuvçi poyezdlar odatda uşbu hududda bu kabi signal bermasdi. Biroq bu safar u nafaqat signal çaldi, harakatsiz qotgan temir ğildiraklari rels ustida şovqinli sirğalib töxtadi ham.
Pastga tuşib kelgan maşinist relslar orasidagi jonsiz tana hamda sal narida yotgan odam boşini körib, dahşatdan bir lahza joyida qotib qoldi. Söngra bölgan voqea haqida IIBga xabar berdi.
Tergov hujjatlariga köra, guvoh sifatida söroq qilingan maşinist şunday körsatma bergan:
“2020 yildan buyon Qöqon lokomotiv deposida elektrovoz maşinisti bölib işlab kelaman. Men va yordamçi maşinist 2025 yil 20 iyun kuni soat 23:00 larda özimizga biriktirilgan elektrovoz bilan yuk poyezdini qabul qilib oldik. Uşbu poyezdni Namangan stansiyasiga olib borişimiz kerak edi. Poyezd tarkibida jami 63 ta har xil turdagi vagonlar mavjud edi.
Şu kuni Qöqon stansiyasi navbatçisining körsatmasiga asosan soat 23:52 larda “Qöqon–Buvayda–Namangan” yönalişida harakatni boşladik. Harakatlanib ketayotgan vaqtimizda soat 00:06 larda taxminan 200-250 metr uzoqlikda temiryöl izlari orasida şarpa körindi. Tun qoronği bölgani uçun dastlab uni aniq köriş imkoni bölmadi. Men bir marta qattiq signal çaldim, lekin uşbu şarpa joyidan qimirlamadi. Şundan keyin poyezd nuri uşbu şarpaga tuşganida uning odam ekanini bilib, darhol şoşilinç tormoz berdim va poyezdni töxtatiş çoralarini kördim.
Mavzuga oid
Uşbu odam temiryöl izlariga köndalang bölib, yuzi osmonga qaragan holda boş aralaş böyin qismi yönaliş böyiça çap tomon rels ustida turgandi. U odam qimirlamasdan, harakatsiz holda yotgan edi. Poyezd yaqinlaşib kelganida ham umuman qimirlamadi.
Şoşilinç tormoz berişimga qaramasdan soat 00:07 da uşbu fuqaroni urib ketib, töxtadik. Şundan keyin darhol uşbu şaxsga birinçi yordam körsatiş maqsadida poyezddan tuşib, uning oldiga bordim. U yerga borganimda uning boşi tanasidan töliq uzilib ketib, ölganini bildim. Bu haqida Buvayda, Qöqon stansiyalari va Qöqon lokomotiv deposi navbatçilariga hamda IIB xodimlariga xabar berdik”.
Maşinistga köra, oradan 30-35 daqiqa vaqt ötib, IIB xodimlari yetib kelgan hamda voqea joyini közdan keçirgan. Söngra maşinistga harakatni davom ettirişga ruxsat berilgan. Poyezd soat 00:55 da yönaliş böyiça harakatni davom ettirib ketgan.
“Temiryölga borgunça ölib bölganman”
Ertasi kuni tongda butun Ganjiravon qişloğida avtomobillarga texnik xizmat körsatiş şoxobçasi işçisi Xurşid Haydarov poyezd yölida öz joniga qasd qilibdi, degan duv-duv gap tarqaldi.
Sud-tibbiy ekspertizasining marhum öz joniga qasd qilgani haqidagi xulosasidan söng ösmir tuproqqa qöyildi.
Marhumning onasi Gulsanam Tojiyevaga köra, suriştiruv işlari davomida organ xodimlari Xurşid Haydarov öz joniga qasd qilgan, degan xulosaga kelgan.
“2025 yil 20 iyun kuni keçqurun Xurşidjon aya, hozir kelaman, dedi. Qayerga ketayotganini sörasam Şohjahon va Murtoz qönğiroq qilganini, biroz qaraşib kelişini aytdi. Keç bölganini, bormasligini aytdim, biroq u 1 soatda kelaman, deya köçaga çiqib ketdi.
Soat 23:00 larda öğlim kelavermagaç, xavotirlanib qönğiroq qildim, telefoni öçiq ekan. Eh, telefoni öçib qolibdi-da, hozir toğasidan gap eşitadi, deb kutib ötirdim. Keyin soat 00:30-1:00 larda akamga meni uyga olib borib qöyişini aytdim.
Akam xavotir olmasligimni, Xurşidjonni özi qidirib topib kelişini bildirdi. Şu bilan men uyga kirdim. Uyda dadasi yotgan ekan. Dadasiga turing, Xurşidjon yöq, telefoni öçiq, akam izlab ketdi, boring, dedim va çiqarib yubordim. Şu payt kiçkina qizim injiqlik qila boşladi. Uni uxlatayotib, özim ham uxlab qolibman.
Ertalab çiqsam, turmuş örtoğim yöq. Uyga qarab ketdim. Borsam, ayam hovli supurayotgan ekan, kelinim tikiş tikib ötirgan ekan. Xurşidjon keldimi, desam, yöq, deyişdi. Keyin darhol Şohjahonning ammasiga qönğiroq qildim. Ma’mura, keça jiyaning qönğiroq qiluvdi, Xurşidjon sizlarnikida yotib qolmadimi, uyga kelmadi, desam, “yöq, Xurşidjon kelgani yöq, Şohjahonning özi uxlab yotibdi”, dedi.
Öşa kuni dadasi va toğasi ertalabgaça izlabdi. Keyin turmuş örtoğim menga qönğiroq qilib, Xurşidjon kelmadimi, ustida qanaqa kiyimi bor edi, deb söradi. Oq futbolka va qora şimda çiqib ketganini aytdim. Şu bilan telefon öçdi. Keyin akam yiğlab keldi, poyezd urgan Xurşidjon ekan, dedi. Men huşimni yöqotdim”, deydi Gulsanam Tojiyeva.
Ayolning aytişiça, u ertasi kuni tongda tuş körgan. Tuşiga marhum öğli kirgan.
“Ertasi kuni azonda tuş kördim. Tuşimda 789 raqamdan qönğiroq böldi. Allo desam, aya, dedi. “Xurşidjon, senmisan öğlim?” deya sörasam “Ha, menman, aya”, dedi. Qayerda yuribsan, desam, “aya, men borsam köylak tikib ötirgan ekansiz, men ölib böldim”, dedi. Temiryölda nima qilayotganding, deb sörasam “aya, men temiryölga yetib bormay ölib bölganman, meni ota-bola qöyib ketdi temiryölga, telefonni Murtoz bilan Şoqqiga olib boring, çala qolgan işim bor mening”, dedi. Keyin uyğonib ketdim.
Yugurib çiqib, tuşimni akam va xöjayinimga aytdim. Ular bu stressdan, deya tez yordam çaqirib, ukol qildirib qöyişdi. Şu bilan uşbu tuşimni 3-4 kun kördim. Ma’raka kuni ham ertalab çiqib, şu tuşni aytayotsam, kiçkina akam tez yordam çaqiringlar, Guli yana alahsiraşni boşlayapti, dedi. Şunda katta akam töxtanglar, bu bekorga bunaqa tuş körmayotgandir, Murtoz deyapti, Murtozning oldiga borib köriş kerak, 3 kun böldi, telefoni, velosipedi, şippagi yöq, oyoği tagi toza deyapsanlar, bu yerda bir gap bor, dedi.
Akam çiqib ketib, Murtoz bilan körişdi. Murtoz Xurşidjonni öşa kuni içib kelgan, dedi. Söngra meni tergovga olib borişdi. Men tergovçi Sobirov Tolmasga uşbu tuşimni aytib berdim. Tergovçi “bu tuş, tuş inobatga olinmaydi, bolangizning özi kirib ketgan”, dedi. Tuş körmasimdan oldin operlar “bu bola öz joniga qasd qilgan, temiryölga özi borib uxlab qolgan, kayfda bölgan, “kristal” çekkan, biz bolani olib ketayotganimizda oğzidan pivoning hidi anqib yotgandi”, deya öğlimni rosa qoralaşdi.
Tuşim orqali Murtozni borib suriştirdik, ular böyniga olmadi. Tergovçilar “bu tuş, nimalar kirmaydi”, deyişdi. Keyin 9 iyul kuni soat 4:30 larda yana tuş kördim. Öğlim “aya, bu aytganlarim dalil bölmadi. Siz eplolmayapsiz. Döstim Fayozning oldiga boring, u hammasini biladi”, deb qöymadi. Tuşimni akamga aytdim va Muhammadfayozning oldiga olib borasiz, olib bormasangiz özim boraman, deya ular bilan urişdim.
Muhammadfayozning oldiga borsak, u ham qörqqanidan ozib ketibdi. Meni körib “jon xolajon, mening gumonim ham şulardan, lekin men bilmayman, deb turib oldi. Bir-ikki kundan söng Fayozbek şular öldirganini, temiryölga olib borib, qöyib ketganini, narsalarini yöqotganini, telefonini yoqib yuborganlarini aytib berdi”, deydi marhumning onasi.
Şundan söng tergovçilar ayolni çaqirgan va tuşlarini boşqatdan aytib berişni söragan. Öşa yerda onaning tuşlari muhokama qilingan.
Gulsanam Tojiyevaning aytişiça, Xurşidning velosipedini Murtozning dadasi Murod Pirmatov uçga bölib, soyga oqizgan, opoqisi esa telefonlarini maydalab, şippaklarini yoqib yuborgan. Faqatgina Xurşid Haydarov işlatgan sim-karta ustaxona yonidan topilgan. Uniyam tergovçilar atrofni elakda elab çiqib topişgan.
“Şohjahon va Murtoz öldirganini bir-biriga tönkayapti. Qotillar topilgan kuni IIBda tursam, Iqbol ismli oper çiqdi-da, “opa, öğlingiz içmagan va çekmagan ekan, hammasi aniqlandi, men öşanda pivoning hidi kelib yotgandi, deb aytgandim. Lekin ular Xurşidjonni öldirib bölib, oğzidan pivoni quygan ekan. Şuning uçun Xurşidjonning oğzidan pivoning hidi anqib yotganiga amin bölgandim. Meni keçiring. Lekin bular kley hidlatgan ekan”, dedi.
Bular Xurşidjonga pivo olib kel, deya 30 ming söm pul bergan. Ular 4 kişi bölgan. Xurşidjon umuman içib-çekmasdi. Öğlim 3 ta bir martalik stakanni puli yetmasdan qaytarib bergan. Sörida uçalasi içgan, kley hidlatganmiz deyişyapti. Keyin orqasidan kelib Şohjahon böğgan, böğayotganida u Murtozga “yuragiga piçoq sanç”, deb baqirgan. Murtoz piçoq sançişga qörqib turgan vaqtida Abdulloh orqasidan Xurşidjonga qarab itarib yuborgan, piçoq yerga tuşib ketgan. Yöq, men piçoq sançolmayman, deganidan keyin Şohjahon Xurşidjonning yuragiga qölining tirsagi bilan 5-6 marta urib, “ana, ölib böldi, endi buni poyezd yölga olib boramiz. Bölmasa mening öldirganimni bilib qolişadi”, degan. Söngra bolamni temiryölga olib kelişgan hamda qöyib ketişgan. Ular şunaqa körsatma bergan.
Yakka-yu yagona öğlim edi. Uni zörğa ulğaytirib, usta qilgandim. 17 yoşga kirgandi, qölidan iş kelib qolgandi”, deydi Gulsanam Tojiyeva.
Jinoyat işi Farğona viloyati prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi alohida muhim işlar böyiça tergovçisi tomonidan olib borilgan.
Ayblov xulosasida keltirilişiça, Şohjahon Ğaniyev voyaga yetmagan, 2009 yilda tuğilgan Murtozxon Mansurov hamda 2011 yilda tuğilgan Abdulloh Sodiqov bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Xurşidjon Haydarovni qasddan öldiriş maqsadida jinoiy reja tuzgan. Bunga sabab sifatida Xurşidjon Haydarov u va Murtozxonning onasini haqorat qilgani körsatilgan.
Şohjahon Ğaniyev 2025 yil 20 iyun kuni Xurşidjon Murtozxon Mansurov bilan Qöqon şahar 24-sonli umumiy örta ta’lim maktabida joylaşgan futbol stadioniga futbol öynaş uçun birga borişi haqida eşitgan. U Murtozxonga futbol öyini tugagaç Xurşidjonning oldiga borib, 50 ming söm qarzi masalasida gaplaşib olişi uçun telefon qilib berişini aytgan.
Öşa kuni soat 21:00 larda futbol öyini tugagaç, barça uyiga qaytayotgan vaqtida Murtozxon Şohjahon bilan biroz avval kelişganidek Xurşidjonning oldiga borgan va 50 ming söm qarzi masalasida Şohjahonga qönğiroq qilişini aytgan. Xurşidjon şu yerning özida Şohjahon Ğaniyevga qönğiroq qilgan. Telefondagi özaro suhbat davomida Şohjahon 50 ming söm qarzi evaziga Qöqon şahar Kiçik Ganjiravon mahallasi hududida joylaşgan dala maydoniga borib, spirtli içimlik iste’mol qilişni taklif qilgan. Ularning jinoiy rejasidan bexabar bölgan Xurşidjon Haydarov uşbu taklifga rozi bölgan.
Şohjahon Ğaniyev futbol öyinidan qaytib kelgan Murtozxon Mansurovni yaşaş xonadoni oldida kutib olgan hamda unga zarur holatda foydalanişlari uçun uyidan piçoq olib çiqişni aytgan. Murtozxon Mansurov xonadon oşxonasidan oşxona piçoğini olib, qaytib çiqqan.
Şohjahon va Murtozxon kelişilgan joyga borayotgan vaqtda ularning oldiga Xurşidjon öziga tegişli bölgan velosipedda yetib kelgan. Uning qölida 2 litr pivo, qurut va semiçka bölgan.
Şu tariqa, uçalasi dala maydoniga borgan va öşa yerdagi sörida ötirib, pivo iça boşlagan. Söngra Şohjahon göyoki ammasini yaşaş xonadoniga olib borib qöyişi kerakligini aytib, u yerdan ketgan. Çamasi yarim soat vaqt ötib, u Abdulloh Sodiqov bilan qaytib kelgan.
Jinoiy maqsadlarini amalga oşiriş uçun qulay fursat kelganiga amin bölgan Şohjahon Ğaniyev Xurşidjonni fiziologik va jismoniy jihatdan özini himoya qilişga qodir bölmay qoladigan vaziyatga tuşirib qöyiş uçun çöntagida bölgan “siqma kley”ni olgan. Söngra uni paketga tayyorlab, hidlab körişi uçun Xurşidjonga taqdim qilgan.
Xurşidjon “siqma kley”ni biroz hidlab, mast holatga tuşib qolgan. Şu vaziyatni kutib turgan Şohjahon Ğaniyev Xurşidjonning orqa tomoniga ötib, ikki qölini böyin sohasidan ötkazgan holda uni böğa boşlagan. Murtozxon Mansurov esa Xurşidjonning oyoqlarini uşlab, harakatlaniş va qarşilik qiliş imkoniyatini çeklab turgan.
Xurşidjon Haydarov huşsiz holda bölsa-da, nafas olayotganini sezgan Şohjahon Murtozxonga böğişda foydalaniş uçun ip topib kelişini aytgan. Murtozxon Mansurov Abdulloh Sodiqov bilan birga 70-80 metr narida bölgan, bobosiga tegişli dala şiyponga borgan. Biroq ip topa olmay, ortga qaytişgan. Şundan söng Murtozxon özlari ötirgan söri yonidan ip topib, uni Şohjahonga bergan. Şohjahon esa ipni Xurşidjonning böynidan aylantirgan holda qattiq tortib, boğlab qöyadi.
Biroz vaqt ötib, Xurşidjon Haydarovning ölganiga işonç hosil qilişadi. Söng öta oğir jinoyat izlarini yaşiriş va jinoiy javobgarlikdan qutuliş maqsadida göyoki Xurşidjon öz joniga qasd qilib, vafot etgandek qilib körsatiş uçun uning murdasini temiryölga olib borişadi. Bu jarayonda Şohjahon murdaning qöllaridan, Murtozxon esa oyoğidan kötarib borgan.
Şu tariqa, ular murdaning böyin qismini rels ustiga töğrilab qöyişgan, tanani esa temiryöl izlari oraliğiga joylaştirişgan. 2025 yil 20 iyundan 21 iyunga ötar keçasi soat 00:07 da “Qöqon–Pop” yönalişi böyiça harakatlanib kelayotgan yuk poyezdi Xurşidjon Haydarov murdasini boş qismidan bosib ketgan.
Kim nima deyapti?
Kun.uz holat yuzasidan marhum va gumondorlarning yaqinlaridan, guvohlardan intervyu oldi. Ularning fikrlari şunday böldi.
Hamdam Tursunov, marhumning toğasi:
“Jiyanim temiryölga olib kelinganida oyoq yalang bölgan. Bu yerga yurib kelişning iloji yöq, toşlar oyoq tagini kesib yuboradi. Keyin bu yer juda tikanzor. Bu yerga sudrab olib kelingani aniq fakt edi. Sababi, oyoğining tagi toza bölgan, heç qanday jarohat yoki tikan kiriş bölmagan. Operlar, ekspertiza öz joniga qasd qilgan deyaverdi.
Tuşga işonmasdim. Bir-ikki marta singlimning gapiga işonmadim, tuş-ku, dedik. Keyin akam buni borib suriştirgin, dedi. Şundan söng suriştirişni boşladim. Birinçi Murtozning oldiga bordim. U “mening oldimga kayf holatida kelgan. Qölida pivo va sigaret bor edi, men bilan ötirib içasan dedi. Opoqim va dadam meni çiqarmadi. Xurşid töğriga, tomorqaga qarab ötib ketdi”, dedi.
Keyin sekin kameralarni köra boşladik. Borgan sari gumon öşalarga qarab ketaverdi. Jiyanim Xurşidjonning ruhi bezovta bölib, onasini qöymadi: ketma-ket bitta tuşni köraverdi. Oxiri şu singlimning tuşi orqali jinoyatçilar çiqib keldi.
Ta’ziyaning ertasi kuni şu joyga kelib, bedazorni tekşirdik. Sudralgan izlar bor edi. Buni operlarga aytdik. Operlar bu dalil bölolmaydi, deyişdi. Ertasi kuni operlarni olib kelib körsatsak, bedazor tozalab qöyilgan ekan. Biz yonib-pişaverdik, ammo bir oy mobaynida oçilmadi jinoyat. Keyin hammasi tuş orqali oçildi”.
Kiçikligidan yonimizda katta bölgan, yaqin örtoğimning öğli edi. Keyin meni hayajon bosib qoldi. Telefonimni olib, dadasiga qönğiroq qilmoqçi edim, aytmay qöyaqoling, deyişdi. Bu ataylab öldirib, taşlab ketilgan, dedim. Qayerdan bilyapsiz, deb söradi “uçastkavoy”. Qon çiqmagan, ölgan odamdan kam, tirik odamdan köp qon çiqadi, oddiy xörozni söysang ham qança qon çiqişini özing bilasan, dedim.
Men kelib qaragan holatimda tanasi boşsiz yotardi. Boşning yarmi şipolning çap tomonida edi. Hayajon bosib, nima qilişimni bilmay turdim”.
Abduhoşim Tojiyev, marhumning dadasi:
“Ekspertizaga bordik va nima bölibdi, nima sababdan ölibdi, desak ekspertiza xulosasi çiqsin, öşanda bilaverasizlar, deyişdi. 28 kunda çiqdi ekspertiza xulosasi. Unda bola temiryölga özi yotgan, rels bilan poyezd ğildiragi orasida böyin uzilgan, boşqa joyida tan jarohati yöq, jarohat böyin qismidan tepasida, heç narsani aniqlay olmadik, deyilgan.
2 dona xulosa bergan. Keyin joni öşa yerda çiqqan, deyilgan. Biz qon çiqmagan-ku, qon saçrab ketişi kerak edi, desak, yöq, aniq şunaqa bölgan, deyişdi. Keyin qotillar topilib, körsatmasida böğib öldirganmiz, ip bilan boğlaganmiz böynidan degandan keyin ekspertiza xulosaga qöşib berdi. Ungaça ekspertiza ham qariyb yaşirgan hisob bölyapti, xulosani töliq bermadi. Gumonimiz bor-u, birovni ayblab bölmaydi, ekspertizada yurak bilan işlanmagan”.
“Voqea bölgan kuni keçqurun, soat 10 minut kam 00:00 lar edi, işdan kelayotgandim, köçamizning boşida gaz quyiş şoxobçasi bor, şuning oldida gazli suv, muzqaymoq sotiladi, şu joyda öğlim Şohjahon Ğaniyev hamda jiyanim Murtozxon Mansurovga közim tuşdi. Men özimning şaxsiy maşinamda edim. Kelib oldilariga töxtadim. Töxtagan vaqtimda öğlim mening oldimga keldi-da, lekin jiyanim men bilan söraşmadi va töğri ötib ketdi. Öğlim “Murtozxonning döstlari şu yerda ekan, 5 minut gaplaşib kirib ketamiz”, degan gapni aytdi. Rulda ötirgan vaqtimda, maşinaning oynasidan orqaga qaraganimda Murtozxon köça boşidagi motor öraş ustaxonasining oldida bir yigit bilan gaplaşib turgandi. Qoronğida unça tanimadim. Demak örtoqlari bor ekan, degan maqsadda men uyga qarab keldim.
Şohjahon men qilmaganman, deyapti. Lekin öğlim tan olyapti, bular öldirib qöyganidan keyin yordam söragaç kötarişib, olib borişib qöydim, lekin men öldirmadim, Murtozxon öldirdi, deyapti. Endi bilmayman, u yerda bu holatning guvohi bölmaganim uçun birovning bolasiga tuhmat qilişga haqqim yöq”.
Ayblanuvçilarning körsatmalari
Marhumning yaqinlari aytgani kabi, Şohjahon Ğaniyev hamda Murtozxon Mansurov tergov jarayonida aybiga iqrorlik bildirmagan va bir-biriga teskari körsatma bergan. Ya’ni Xurşidjon Haydarovning öldirilişini Şohjahon Murtozxonga, Murtozxon esa Şohjahonga yuklagan. Ularning tergovdagi körsatmalari quyidagiça.
“Xurşidjon Haydarovga nisbatan heç qanday adovatim bölmagan. 2025 yil 20 iyun kuni Murtozxon Mansurov, Abdulloh Sodiqov va Xurşid Haydarov bilan Qöqon şahar Kiçik Ganjiravon mahallasi hududida joylaşgan qurilişi tugallanmagan yer uçastkasining sörisida birga ötirgan vaqtimda men pivo spirtli içimligini iste’mol qilmaganman. Öşa kuni Xurşidjon Haydarov va Murtozxon Mansurov pivo iste’mol qilgan.
Murtozxon Mansurov Xurşidjon Haydarovni böynidan ip bilan böğib, uni öldirdi. Men tekşirib körganimda Xurşidjon nafas olmayotganini bildim. Öşa vaqtda Murtozxon men uning qarindoşi ekanimni aytib, iltimos qilgani sababli Xurşidjonning murdasini oyoq qismidan kötarib, poyezd yöliga olib çiqqanmiz.
Öşa vaqtda qörqqanim sababli Murtozxon Mansurovning öta oğir jinoyati oldini ololmaganman. Aynan nimadan qörqqanimni bilmayman. Xurşidjonning murdasi poyezd yölining ikkita relsi orasiga qöyilgan edi, boşi qanday holatdaligini eslolmayman. Hodisa sodir bölgan kuni Xurşidjon Haydarovga tegişli velosipedni Murtozxon Mansurov olib, yaşaş xonadoniga kirib ketgan.
Murtozxon Mansurov bobosining boğiga ip olib keliş uçun bir özi ketgandi, men va Abdulloh Sodiqov Xurşidjonning oldida, sörida qolganmiz. Hodisa sodir bölgan kuni men stress holatida bölib, qattiq qörqib ketganim sababli nima qilişni bilmay qolganman.
Söriga borib ötiriş taklifi öşa kuni Murtozxon Mansurovdan çiqqan. Söngra qoronği tuşganida men, Abdulloh Sodiqov va Murtozxon Mansurov birga u yerga borganmiz. Ortimizdan Xurşidjon Haydarov pivo, sigaret va semiçka olib kelgan.
Xurşidjon Haydarovdan qarz oldi-berdi munosabatlarim bölmagan. Xurşidjonni Murtozxon Mansurov böğib öldirib, öta oğir jinoyat sodir qilgani haqida ertasi kuni yoki undan söng huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ma’lum qiliş niyatim bölgan. Lekin Murtozxon Mansurovning dadasi ertasi kuni yaşaş xonadoniga meni çaqirib, “bitta plastinkani aylantirib turaver, sen Murtozxonni sotma, u seni sotmaydi”, deb sökib çiqarib yuborgan. Bu holat haqida dadamga va boşqa yaqinlarimga ham aytişga qörqqanman. Oxirgi tergov harakatlari davomida bu haqida aytib berganman”.
“Öşa kuni soat 21:00 larda futboldan uyga qaytib borganimda eşik oldida Şohjahon Ğaniyev telefon öynab ötirganini kördim. Uning oldiga borib, salomlaşdim. Yaşaş xonadonimga kirib ketayotgan vaqtimda Şohjahon “tezroq çiq, gapim bor”, dedi. Men xöp, deya uyga kirib ketdim.
Oradan 10-15 minut vaqt ötgaç, men qaytib çiqdim. Taşqarida Şohjahon Ğaniyev Xurşidjon Haydarov bilan suhbatlaşib turganini kördim va ular bilan takroran söraşdim. Şunda Şohjahon ham, Xurşidjon ham bugun ötiramiz, deb gapirişdi. Men xöp deganimdan keyin Xurşidjon özi minib kelgan velosipedida dökondan narsa olib kelişini aytib, ketdi.
Xurşidjon bizning oldimizdan ketganidan söng Şohjahon menga “bor, yaşaş xonadoningga kirib piçoq olib çiq. Xurşid dökonga ketdi-ku, narsa olib kelsa iste’mol qilamiz”, dedi. Xöp, deya uyga kirdim va oşxonadan bir dona taxta sopli piçoqni olib çiqdim.
Biz yaşaş xonadonimdan 120 metr masofada joylaşgan qurilişi tugallanmagan daladagi joy tomonga qarab yurdik. Yölda ketayotganimizda Xurşidjon velosipedini minib, oldimizga yetib keldi. U qölida qora sellofan paket uşlab olgandi. Keyinçalik bilişimça, uning içida qurut, semiçka, sigaret va 2 litr pivo bor ekan. Uçalamiz söriga borib ötirdik.
Men Xurşidjon olib kelgan sellofan paketning içini oçganimda, unda piçoq işlatiş kerak bölgan narsa yöqligini körib, piçoqni töşak tagiga qöydim. Şohjahon va Xurşidjon pivo iste’mol qilişdi, men esa semiçka çaqib, qurut yedim. Biroz ötirganimizdan söng Şohjahon Ğaniyevga qönğiroq böldi. U telefonda suhbatlaşib bölgaç, “ammamni yaşaş xonadoniga taşlab kelişim kerak ekan”, deb gapirdi va bizning oldimizdan ketdi.
Oradan 30 minutlarça vaqt ötganidan söng Şohjahon Abdulloh Sodiqov ismli tanişi bilan birga keldi. Şohjahon pivo içdi, Abdulloh esa özida bölgan elektron sigaretni çekdi. Men esa Xurşidjon va Şohjahon bilan birga Xurşidjon Haydarov olib kelgan sigaretdan çekdik.
Şu jarayonda Xurşidjon elektron sigaretini sörab, Abdullohga gapirdi. Biroq Abdulloh Sodiqov elektron sigaretini bermadi. Şu sababli, Xurşidjon aççiq qilib, unga sökinib gapirdi va ular özaro tortişib ketişdi. Lekin urişişmadi va tezda töxtab qolişdi.
Şundan söng Şohjahon Ğaniyev çöntagidan oq-kök rangli “siqma kley” olib, uning bir qismini qurut paketiga siqib maydaladi va çekib körişini aytib Xurşidjonga berdi. Xurşidjon paketdagi narsani olib, uni 5 minutlarça damladi, ya’ni içiga havo tortib, çiqardi. Şunda u özini biroz yöqotib qöyganini sezdim. Keyin Şohjahon qölida bölgan “siqma kley”ning qolganini ham semiçka paketiga solib, tayyorladi va uni bir marotaba özi tortib, damladi. Şunda Xurşidjon “aka, zör narsa ekan”, deganida Şohjahon qölidagi paketni ham unga berdi. Xurşidjon uni ham olib biroz damlaganidan söng özini eplolmay qoldi.
Şunda mening çap tarafimda ötirgan Şohjahon örnidan turib, qarama-qarşi tomonda ötirgan Xurşidjonning oldiga ötdi va uning böynidan qöllarini ustma-ust qilib ötkazib, tomoğidan böğdi. Şu orada Abdulloh Sodiqov mening oldimga ötirib oldi.
Xurşidjonni qöllari bilan böğib turgan Şohjahon menga “piçoqni olib, yuragiga tiq”, deb baqirdi. Men esa piçoqni töşak tagidan olib, söridan 2 metr masofaga bordim va “yöq, men tiqmayman”, dedim. Keyin söriga qaytib borib ötirdim va piçoqni töşak tagiga qöydim. Xurşidjonga qaraganimda uning oğzidan köpik kelganini, burnidan esa biroz qonga öxşaş ajralmalar çiqqanini kördim.
Keyin Şohjahon menga opoqingning dalasidan ip olib kel, dedi. Bu joydan 70-80 metr masofada opoqimning dalasi bor edi. Men Abdulloh Sodiqov bilan birga opoqimning dalasiga borib, Abdullohni taşqarida qoldirib, özim ip olib çiqaman, deya eşikdan içkariga kirdim. Içkarida 3-4 minut turib, ip qidirmasdan taşqariga qaytib çiqdim va Abdullohga ip yöq ekan, deb aytdim. U bilan birga Şohjahonning oldiga qaytib bordik. Qaytib kelganimizda Şohjahon Ğaniyev hali ham Xurşidjonni böğgan holatda turgan ekan. U bizdan ip olib keldinglarmi, deb söradi. Men ip topolmaganimizni aytdim.
Men Abdulloh Sodiqov bilan birga söriga ötirganimdan söng Şohjahonga “aka, buni öziga keltiring, ölib qolsa muammo böladi”, dedim. Şohjahon menga “onamdan kelgani uçun javob berib ötiribdi”, dedi.
Şu jarayonda Şohjahon Ğaniyev söridan pastga qölini uzatib, ip oldi. U ipni Xurşidjonning böynidan aylantirib, ikki uçini ikki yon tomonga tortdi va boğlab qöydi.
Şohjahon quloği bilan Xurşidjonning köksiga boşini qöyib, nafas olayotgan yoki yöqligini tekşirdi va bu hali ölmabdi, dedi hamda qöli bilan 3-4 marotaba uning yurak sohasiga muştlab urdi.
Biz Abdulloh bilan uning telefonida video körib ötirdik. Soat taxminan 23:30 larda Şohjahon huşsiz yotgan Xurşidjon Haydarovni qöllaridan tortib, söridan pastga tuşirdi. Xurşidjon biron bir harakat qilmasdi. Şohjahon Ğaniyev menga Xurşidjonni kötarişib yuborişimizni, uni birga poyezd yöliga olib borib taşlab kelişimizni aytdi. Men bunga rozi bölmadim. Şohjahon “şunday qilmasak Xurşidjonni men öldirganimni bilib qolişadi”, dedi. Men yana rad javobini berganimda esa seni ham öldirib yuboraman, deb gapirdi. Şu jarayonda ortga yurmoqçi bölganimda ortimda Abdulloh Sodiqov turib olganini bildim. Keyin Şohjahon Ğaniyevdan qörqib, bunga rozi böldim.
Men Xurşidjonning ikki oyoğidan, Şohjahon Ğaniyev esa ikki qölidan uşlab kötardik. Poyezd yöli tomonga qarab 20 metr masofa yurganimizdan söng Şohjahon Abdulloh Sodiqovga oğir ekan, sen ham kötar, dedi. Keyin men Xurşidjonning öng oyoğidan, Abdulloh esa çap oyoğidan uşladik. Şohjahon qöllaridan uşlab kötardi”.
Şuningdek, Murtozxon Mansurov öz körsatmasida Xurşidjon Haydarovning murdasini temiryölga olib çiqib qöyişganidan söng nimalar qilişganini aytib ötgan. Xususan, marhumning velosipedini Şohjahonning körsatmasi bilan birga ikkalasi tomga çiqarib qöyişganini bildirgan. Uşbu velosipedni keyinçalik Murtozxon Mansurovning dadasi olib, bölaklarga bölgan holda soyga oqizib yuborgan.
“Asfalt böyida motor öraşda işlaymiz. Işlab turgan vaqtimizda keçqurun Begmuhammad ismli örtoğim köçaga çiqib ketdi. 10 minutdan keyin qaytib kirib, meni çaqirdi. Eşik yoniga çiqqanimda Murtozxon va Şohjahon turgan ekan. Soat taxminan 23:30 lar atrofida edi öşa paytda. Çiqib söraşganimda Xurşidjonni öldirib keldik, dedi Murtozxon. Men işonmadim. Keyin nima qilib öldirding, deb söradim. “Pivo içdirdik, kley çektirdik, keyin orqasidan 3-4 ta sigaret çektirgandik, huşidan ketdi. Böğdik va öldi, keyin temiryölga olib borib, taşlab keldik”, dedi.
Men işonmadim va nima bilan isbotlaysan, deganimda Şohjahon Xurşidjonning telefonini çöntagidan çiqarib körsatdi. Ungayam işonmadim. Çunki telefonini hamma örtoğimizga beraverardi, qizğanmasdan. Men nima qilay hozir şunga, deganimda velosipedingni berib tur, uyimizga kirib ketamiz, dedi. Qaçon qaytarişini söraganimda ertaga, deb javob berdi. Ha, böpti, deganman. Ular ketgan, keyin men kirib ketganman.
Soat keçqurun 00:00 dan ötgan paytida poyezd qattiq signal çaldi. Faqat yölidan nimadir çiqqanda yoki nimadirni urib yuborganda qattiq signal çalardi. Öşanda Murtozxon va Şohjahonning gapiga işonganday böldim. Keçligi uçun bir özim çiqqani qörqdim, u yerlar xilvat joylar.
Ertasi kuni işga ketdim. Tuşda görkovimiz qönğiroq qilib, “Xurşidjon örtoğing ölibdi”, dedi. Keyin janozaga keldim.
Xurşidjonning toğasiga bölgan narsalarni aytmoqçi edim, ammo uruş bölib ketadi deb qörqdim. Orada 10 kunça jim yurdim. Xurşidjon 2-3 marta tuşimga kirdi. Yaşirib yuraverdim. Yana 5-10 kun ötib Xurşidjonning toğasi Hamdam aka va ayasi Gulsanam xolam yonimga kelişdi. Söraşdi, undayam aytmasdan yaşirdim: 2-3 marta kelişdi, aytmadim. Keyin onam bilan Zuhriddin toğamnikiga bordik. Toğamga bölgan voqeani aytdim. Söngra meni tergovxonaga olib borişdi. U yerda tergovçilarga bölgan voqeaning hammasini gapirib berdim”.
Sud işni tergovga qaytargan
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, marhum Xurşidjonning onasi Gulsanam Tojiyeva tergovdan norozi. U ayrim aybdorlar “öyindan” çiqib ketganini aytmoqda.
Gap şundaki, Xurşidjon Haydarovning öldirilişi va murdasi temiryölga çiqarib qöyilişi jarayonida Abdulloh Sodiqov ham iştirok etgan. Ammo jinoyat işida u yöq. Ayblov xulosasida Abdulloh Sodiqov gumonlanuvçi sifatida söroq qilingani va uning körsatmalari keltirilgan. U öz körsatmasida voqea joyida bölganini tasdiqlagan.
“Boşidan oxirigaça qatnaşgan Abdulloh umuman guvoh bölib qolib, qamoqdan çiqib ketdi. Jinoyatni oçgan Muhammadfayozga Jinoyat kodeksining 241-moddasini qöyişdi jinoyatni yaşirgansan deb. Lekin öğlimni boşidan oxirigaça kötarişib, oğzidan köpik va burnidan qon kelganini körgan Abdulloh vaziyatdan çiqib ketyapti hozir.
Kim qatnaşgan bölsa, hammasi jazo olişini xohlayman. Eng oğir jazoni berişlarini sörayman. Soppa-soğ uydan çiqib ketgan öğlimning qaytib sovuq tanasini ham körmadim. Hatto qabrga qöyişganida ham körmadim. Qayerga murojaat qilişni ham bilmayapman”, demoqda Gulsanam Tojiyeva.
Şuningdek, voqeani eşita turib, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar bermagan Muhammadfayoz Yoqubov jinoyatni yaşirişda ayblanmoqda. Biroq yaşaş xonadoni tomidan Xurşidjonning velosipedini olib, uni bölaklarga bölgan holda soyga oqizib yuborgan Murod Pirmatov jinoyat işida yöq. U öz körsatmasida “velosipedni yaqin qarindoşlariga yoki vakolatli taşkilotlarga olib borib bersam, bizdan şubhalanişadi va gumon qilişadi deb qörqib, bölaklarga ajratgan holda soyga oqizib yubordim”, deya tan olgan.
Şu kabi holatlar sababli sud 2026 yil 7 yanvar kuni ajrim çiqarib, jinoyat işini tergovga qaytargan.
Ayni paytda ayblanuvçilar Şohjahon Ğaniyev hamda Murtozxon Mansurovga qamoq ehtiyot çorasi qöllanib, tergov hibsxonasida saqlanmoqda. Albatta, qayta tergov harakatlaridan söng iş sudga qaytadi hamda Xurşidjon Haydarovning qotillari, bu işga aloqadorlarning barçasi öz jazosini oladi. Harqalay yolğiz öğlidan ayrilgan bir muştipar ona şunga işonib yaşamoqda.