Prezidentning “Professional ta’lim tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan islohotlarni jadallaştiriş va kasbiy könikmalarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Tizimida professional ta’lim muassasalari bölgan vazirlik va idoralarga 2022 yil 1 maydan quyidagi huquqlar beriladi:

a) professional ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonidan böş bölgan öquv xonalari, işlab çiqariş ustaxonalari (asbob-uskunalari bilan birga), boşqa bino va inşootlarini özini özi band qilgan şaxslar hamda tadbirkorlik sub’yektlariga:

kasb-hunar, xorijiy tillar yoki tadbirkorlik könikmalariga öqitiş kurslarini taşkil etiş uçun 5 yilgaça bölgan muddatga;

mahsulot işlab çiqariş va xizmatlar körsatiş uçun 5 yilgaça bölgan muddatga ijaraga beriş;

b) professional ta’lim muassasalaridagi böş turgan yer uçastkalari, bino va inşootlarida ta’lim muassasasining tayyorlov yönalişlariga mos keladigan işlab çiqariş va xizmat körsatiş böyiça ta’lim muassasasi ta’sisçiligidagi mas’uliyati çeklangan jamiyatlar taşkil etiş;

v) professional ta’lim muassasasining öquv-amaliyoti jarayonida işlab çiqarilgan yarim tayyor, tayyor mahsulotlarni (tovar, iş, xizmatlarni) namoyiş qiliş va sotiş;

g) yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni sotişdan hamda böş turgan bino, inşootlar, öquv-tajriba maydonlari va yer uçastkalarini ijaraga berişdan tuşgan mablağlarni öquv jarayoni uçun zarur bölgan ehtiyot qismlar va xomaşyo materiallarini, xorijiy adabiyot va öquv qöllanmalarni xarid qiliş, xodimlar malakasini oşiriş va ularni rağbatlantiriş, öquvçilarga stipendiya tölaş uçun mustaqil sarflaş.

Belgilanişiça:

a) professional ta’lim muassasalarining bino, inşootlari, öquv-tajriba maydonlari va yer uçastkalarining böş turgan qismi uşbu muassasada öqitilayotgan kasb va mutaxassisliklarga mos bölgan faoliyat bilan şuğullanayotgan özini özi band qilgan şaxslar va tadbirkorlik sub’yektlariga qonunçilikda belgilangan tartibda ijaraga beriladi;

professional ta’lim muassasalarining bino, inşootlari, öquv-tajriba maydonlari va yer uçastkalarining böş turgan qismi ijaraga beriladigan şaxslar elektron savdo maydonçasida ötkaziladigan tanlov asosida belgilanadi;