Prezidentning “Professional ta’lim tizimini yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan islohotlarni jadallaştiriş va kasbiy könikmalarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 1 sentyabrdan boşlab töliq yoki qisman davlat budjetidan mablağ bilan ta’minlanadigan professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq tölaşning quyidagi tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:
a) quyidagilarning:
kasb-hunar maktabi öqituvçisi, psixologi, yoşlar yetakçisi va tarbiyaçisining bazaviy tarif stavkalari umumta’lim muassasalarining tegişli xodimlari bazaviy tarif stavkalariga;
kasb-hunar maktabi birinçi malaka toifasiga, ikkinçi malaka toifasiga ega bölgan va malaka toifasiga ega bölmagan işlab çiqariş ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegişli ravişda umumta’lim muassasalarining ikkinçi malaka toifali öqituvçisi, oliy ma’lumotli öqituvçisi va örta maxsus ma’lumotli öqituvçisining bazaviy tarif stavkalariga;
professional ta’lim muassasalari “Kutubxonaçi” lavozimining bazaviy tarif stavkasi xalq ta’limi muassasalaridagi “Kutubxona mudiri” lavozimi bazaviy tarif stavkasiga tenglaştiriladi;
b) kollejlarning rahbar va pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari kasb-hunar maktablarining tegişli rahbar va pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 5 foizga oşirilgan holda belgilanadi;
v) texnikumlarning rahbar va pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari kasb-hunar maktablarining tegişli rahbar va pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 10 foizga oşirilgan holda belgilanadi;
g) ta’lim yönalişlari (musiqa xodimi) böyiça yakka tartibdagi öquv maşğulotlari tayyorlov yönalişlarining öziga xos xususiyatlaridan kelib çiqib, tasdiqlangan namunaviy öquv rejalariga muvofiq ta’lim sohasiga ajratiladigan davlat budjeti mablağlari doirasida moliyalaştiriladi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq 2022 yil 1 apreldan boşlab:
- umumta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalarini oşirişni nazarda tutuvçi qonunçilik hujjatlari qabul qilinganda, professional ta’lim muassasalari tegişli xodimlarining bazaviy tarif stavkalari mutanosib ravişda oşiriladi;
- professional ta’lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama ularning faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;












