Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qibray tumani, «Alisherobod» MFY, Bog‘ishamol ko‘chasiga tortilgan yerusti o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangani sababli, 2022 yil 14 fevral soat 09:00 dan 17:00 gacha yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi 320 ta aholi xonadoni va 7 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.
Joriy yilning 11 fevral kuni Zangiota va Yuqori Chirchiqda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.
Zangiota tumanida jami 357 ta aholi xonadonida va 4 ta ulgurji iste’molchi hamda 2 ta ijtimoiy soha obektida, Yuqori Chirchiq tumanida esa jami 6452 ta aholi xonadoni va 95 ta ulgurji iste’molchi hamda 9 ta ijtimoiy soha obektida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:36 / 29.05.2026