“Özbekiston-2030” strategiyasi ijrosining 2026-yil birinçi yarim yilligi yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida Kun.uz tabiiy gaz qazib oliş böyiça strategik körsatkiçlar nega 62 milliard kub metrdan 48,5 milliard kub metrga tuşirilgani haqida savol berdi. Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktorining birinçi örinbosari Abdulla Abduqodirov gaz qazib oliş pasayişiga “ham obyektiv sabablar, ham boşqaruvdagi xatolar” taʼsir qilganini aytdi. Biroq strategik maqsad aynan qanday tahlil asosida qayta körib çiqilgani haqidagi savolga aniq javob berilmadi.
21-avgust kuni “Özbekiston-2030” strategiyasi ijrosining 2026-yil birinçi yarim yilligi yakunlariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Kun.uz jurnalisti strategiya dastlab qabul qilinganida (2023-yilda) 2030-yilga borib tabiiy gaz qazib olişni yiliga 62 milliard kub metrga yetkaziş maqsadi belgilanganini, biroq 2026-yil fevralida kiritilgan özgartirişlar bilan bu körsatkiç 48,5 milliard kub metrga tuşirilganini eslatdi.
2025-yilda mamlakatda 42 milliard kub metr gaz qazib olingan bölsa, endi strategiyada 2026-yil uçun bundan ham pastroq körsatkiç - 40,2 mlrd kub belgilandi.
Şuningdek, yer qaʼridan foydalanganlik uçun berilgan soliq imtiyozlariga qaramasdan, oltin, mis qazib oliş kamaydi, tabiiy gaz böyiça qazib oliş hajmlari yildan yilga pasayib borapti. Agentlik tomonidan eʼlon qilingan hisobotda ham oltin, mis va kumuş işlab çiqarişga oid rejalarda keçikiş bölgani qayd etilgan.

Strategik rivojlaniş va islohotlar agentligi direktorining birinçi örinbosari Abdulla Abduqodirov esa bu savollar “fundamental masalalar” ekanini taʼkidladi. Uning aytişiça, energetika sohasidagi muammolar iqtisodiyotning raqobatbardoşligiga bevosita taʼsir qiladi.
“Qölimdan kelganda, albatta javob bergan bölardim. Çunki siz qöayotgan masalalar juda ham fundamental masalalar. Birinçidan, energetika sohasida samaradorligini yöqotgan mamlakat, özining “self-sufficiency”, yaʼni özi uçun kerakli bölgan energetika resurslarini işlab çiqarişga qodir bölmagan mamlakat, birinçi navbatda juda ham katta iqtisodiyotning raqobatbardoşligini yöqotadi. Şuning uçun ham siz qöayotgan masala eng yuqori masalalardan bittasi”, - dedi u.
Abduqodirov gaz qazib oliş pasayişiga ham obyektiv, ham subyektiv omillar taʼsir qilganini aytdi.
“Tabiiy gaz işlab çiqariş sohasidan keladigan bölsak, bu yerda obyektiv sabablar ham bor, juda katta va boşqaruvda yöl qöyilgan xatolar ham bor. Endi özinglar kördinglar, yaqindagina rahbarlar almaştirildi, boşqaruv sistemasi qayta körib çiqilapti va öylaymanki, bu sohada pozitiv özgarişlar böladi”, - dedi u.
Biroq agentlik vakili bu boradagi aniq savollarga javob beriş vakolati özida yöqligini bildirib, jurnalistlarga yozma murojaat yuborişni taklif qildi.
Abduqodirov ayrim maʼlumotlarni oçiqlaş mumkin emasligini ham taʼkidladi.
“Şunday sohalar borki, u yerda baʼzi savollarga töğri javob berib bölmaydi, çunki u davlat siri. Ayniqsa gaz sohasida. Men sizga tuşuntirib bersam böladi keyin, çunki u yerda juda köp masalalar bor. Lekin umumiy oçiq maʼlumotlar asosida qança gaz qazib olindi, nima uçun degan savolingizga ham javob bersa böladi. Lekin baʼzi öşa sohadagi maʼlumotlar sir böladi. Uni oçiq-oydin aytib bölmaydi”, - dedi u.

Agentlik vakili bunga misol sifatida 2022-yil yanvaridagi mamlakat miqyosidagi blekautni keltirdi.
“Adaşmasam 2022-yil 6-yanvarda bölgan blekautda qaysi soha eng katta zarar kördi? Men sizga aytaman, gaz işlab çiqariş sohasi. 12 ta kompressorimiz davlatning 70 foiz gaz qazib oliş potensialini belgilab beradigan kompressorlar edi. Beşta manbadan tok keladi. Beşta manbadan birontasi işlamagan. 12 ta kompressor stansiyalari toksiz qoldi. Gaz 3000 metr pastga tuşib ketdi, kompressor işlamagandan keyin. U pastga tuşgandan keyin suv bilan qöşilib ketadi. Uni yana qazib oliş darajasiga qaytariş oson emas. Bu yerda baʼzan obyektiv, baʼzan subyektiv va boşqa sabablar ham bor”, - dedi u.
Şuningdek, u gaz qazib oliş istiqbollari geologiya-qidiruv işlariga yetarli eʼtibor berilmagani bilan ham boğliqligini qayd etdi.
“Bugungi kunda gaz qazib çiqiş potensiali mavhum. Çunki birinçi navbatda gazning yangi konlarini oçiş kerak. Hozir faqat Qoraqalpoğistonda bu işlarda natijaga erişdik. Qaşqadaryo, Surxondaryo, Buxoro viloyatlarida olib borilgan geologiya-razvedka işlari hali özining katta natijasini bergani yöq. Kiçik-kiçik konlar oçilapti. Lekin mamlakat istiqbolini belgilab beradigan neft va gaz konlari hali oçilgani yöq. Geologiya-razvedka xarajatlari bugungi kunda 1 milliard dollardan ortiq”, - dedi Abduqodirov.
Javobdan söng Kun.uz agentlikning özida bu borada tahlillar mavjud yoki yöqligiga aniqlik kiritişni söradi. Bunga javoban Abduqodirov agentlikda tahlillar borligini aytdi.
“Birinçidan, tahlil bizda bor va biz ham oçiq resurslardan foydalanişga majburmiz. Çunki yaşirilgan resurslarga bizlarda baʼzan dostup böladi, baʼzan dostup bölmaydi. Bugungi kunda biz oçiq maʼlumotlardan va qölimizdagi resurslardan foydalanib, har bitta sohaning portretini yaratapmiz. Soğliqni saqlaş, siz aytgan konlar, metallurgiya sohasi va 12 dan ortiq yönaliş böyiça şunday portretlar tayyorlangan”, - dedi u.
Milliy statistika agentligi maʼlumotlariga köra, Özbekistonda 2026-yilning 1 yarim yilligida tabiiy gaz, neft va gaz kondensati qazib oliş kamayişda davom etgan. Yanvar-iyun oylari davomida tabiiy gaz qazib oliş 18,3 mlrd kubometrni taşkil etdi. Bu 2025-yilning mos davridagiga (21,8 mlrd) nisbatan 16 foizga yoki qariyb 3,5 mlrd kubometrga kam.
“Özbekiston-2030” strategiyasiga köra, Özbekistonda gaz qazib oliş miqdori 2026-yilda ham qisqarib, keyingi 4 yil davomida bosqiçma-bosqiç ösib borişi prognoz qilinapti.
2026-yil fevral oyida yangilangan hujjatga köra, joriy yilda 40,2 mlrd kub metr gaz qazib olinişi kutilapti. Bu 2025-yilga nisbatan 3,6 foizga yoki 1,5 mlrd kub metrga kam. Eʼtiborga molik yana bir jihat: ötgan yil yakunlariga köra Milliy statistika qömitasi gaz qazib oliş hajmini 42,3 mlrd kub metr sifatida körsatgandi. Bu natija 41,7 mlrd kub metrga pasaytirilgan.
“Özbekiston-2030” strategiyasiga köra, Özbekistonda gaz qazib oliş miqdori 2026-yilda ham qisqarib, keyingi 4 yil davomida bosqiçma-bosqiç ösib borişi prognoz qilinapti.
2026-yil fevral oyida yangilangan hujjatga köra, joriy yilda 40,2 mlrd kub metr gaz qazib olinişi kutilapti. Bu 2025-yilga nisbatan 3,6 foizga yoki 1,5 mlrd kub metrga kam. Eʼtiborga molik yana bir jihat: ötgan yil yakunlariga köra Milliy statistika qömitasi gaz qazib oliş hajmini 42,3 mlrd kub metr sifatida körsatgandi. Bu natija 41,7 mlrd kub metrga pasaytirilgan.











