Jöraxon Pölatov 1934 yilda Farğona viloyatining Qöqon şahrida tavallud topgan. U askiya san’atining zabardast vakillaridan biri edi.
J.Pölatov uzoq yillar madaniyat sohasining turli yönalişlarida, xususan, Qöqon şahar musiqali drama teatrida mehnat qildi.
“Jöraxon Pölatov xalqona, samimiy kulgiga boy har bir çiqişi orqali el mehrini qozondi. San’atimiz rivojiga katta hissa qöşdi.
Ustoz ijodkorning yorqin xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi. Jöraxon Pölatovning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiramiz”, deydi Ozodbek Nazarbekov.








