Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, viloyatda yangi taşkil etilayotgan tumanning markazi qayerda bölişi belgilangan.
Xabarda yozilişiça, Çiroqçi tumanining «Oltin dala» va «Xöjaobod» mahalla fuqarolar yiğinlaridan iborat bölgan 6 348 gektar yer maydonida Yettitom şaharçasi barpo etiladi. Bu şaharça kelgusida Çiroqçi tumanining yarmida yangidan taşkil etilayotgan Kökdala tumanining ma’muriy markazi etib belgilanadi.
Eslatib ötamiz, 2021 yil oktyabr oyida prezident Qaşqadaryo viloyatidagi saylovçilar bilan uçraşuvda Çiroqçi tumanining aholisi köpligi va hududining kattaligini inobatga olib, tumanni ikkiga böliş va uning bir qismida Kökdala tumanini taşkil etiş taklifini bildirgandi.
«Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan murojaatlarga köra, odamlar özining kundalik muammolarini hal qiliş, davlat idoralariga boriş uçun 2-3 soatlab vaqt sarflaydi.
Şuningdek, tuman içida jamoat transporti rivojlanmagani oqibatida, odamlarning markazga kelişi uçun bir neçta transportdan foydalanişi, bunga 50 ming sömgaça xarajat qilişga majbur.
Şu bilan birga, öz paytida tuman Çiroqçi va Kökdala hududlariga bölingan edi. Şu bois, köplab aholining murojaatlarini inobatga olib, uşbu tuman negizida Çiroqçi va Kökdala tumanlarini taşkil etsak, nima deysizlar?» degan edi prezident.








