Odamlarning puli «avtoprom»da aylanib yotmasligi kerak

Körsatuv boşida ötgan haftada keng muhokama qilingan yiğilişdan videolar körsatildi. Prezident oxirgi vaqtlarda Özbekistonda avtomobil sanoatidan odamlar rozi emasligi haqida köp gapirmoqda. Avtosanoat minglab özbekistonliklarning pulini yillab «bosib yotişi», maşinani esa istagan vaqtida berişi bir tomon, bu haqda gapirilmasligi boşqa tomon bölib xalqni qiynardi. Nihoyat «avtoprom» odamlarning pulini olib, maşinani istagan vaqtda berişi eng yuqori minbarda tanqid qilindi: «Oddiy şifokor, oddiy mehnatkaş, oddiy fuqaro mehnat qilib topgan pulini, keçirasiz-u «avtoprom»ga aylanişi uçun berib qöyişi adolatdan emas», dedi Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev.

Prezident oldindan tölov miqdorini ham 85 foizdan 50 foizga kamaytirib, 1 mayga qadar barça navbatni bartaraf etişga körsatma bergan.

Hokimlarda taşabbus yöq

Hafta davomida qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş böyiça yiğiliş ham bölib ötdi. Körsatuv davomida prezident öşa yiğilişda viloyat va tuman hokimlarini tanqid qilgani aks etgan video körsatildi. Prezident viloyat va tuman hokimlaridan aytarli taşabbus bildirilmaganini tanqid qildi: «Trafaret qilib yozmasin, deb aytgandim, baribir şunday qilib yozgan. Birorta viloyat hokimi talab qança böladi, nima qiliş kerak deb aytmagan», dedi prezident.

Suv tejaganlarga imtiyoz

Yiğilişda suv tejaş tajribasini amalda qöllaydiganlarga subsidiya berilişi aytildi. «2022 yil fevraldan boşlab suv tejaş texnologiyasini joriy qilgan xöjaliklar har bir gektar uçun 8 million sömdan subsidiya oladi. Xorijiy kreditlar 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi. Kredit foizining 14 foizdan oşadigan qismiga kompensatsiya va kredit summasining 50 foiziga kafillik beriladi», dedi prezident.

«Nabiralaringizni öylang»

Körsatuv davomida prezidentning bojxona böyiça ötkazgan yiğilişidan ham kadrlar körsatildi. Unda prezident qömitaning yangi rahbari Akbarxöja Mavlonovga körsatmalar berar ekan, sohada korrupsiya bölmasa, bojxonaçilarni özi qöllab-quvvatlaşini aytdi: «Sening ustuvor vazifang tizimni korrupsiyadan xoli qiliş, odamlarni, tadbirkorlarni eşitişing kerak. Özing, muovinlaring har oyda ikki marta tadbirkorlar bilan uçraş. Agar çegaramiz raqamlaşgan bölib, qulf-kaliti qölimizda bölsa, bu iqtisodiyotimiz barqarorligiga katta hissa qöşadi».