Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hozir 2014 yilning fevrali emas, 2022 yilning fevrali. Bizda boshqa davlat, boshqa armiya bor». Vladimir Zelenskiy xalqqa murojaat qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning LXR va DXR mustaqilligini tan olish haqidagi qarori fonida ukrainaliklarga murojaat qildi.
«Uyqusiz tunni o‘tkazish uchun hech qanday sabab yo‘q», – dedi davlat rahbari.
Prezident Ukrainaning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari, Rossiyaning harakatlariga qaramay, o‘zgarishsiz qolishini ta’kidladi. Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Ukraina Rossiyaning so‘nggi harakatlarini davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzish sifatida baholaydi.
«Ukraina Rossiya Federatsiyasining so‘nggi harakatlarini to‘liq davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzish sifatida baholaydi», dedi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorlar oqibatlari uchun barcha javobgarlik Rossiya siyosiy rahbariyatiga yuklanadi.
«Bosib olingan Donetsk va Lugansk oblastlari tumanlarining mustaqilligini tan olish Rossiyaning Minsk kelishuvlaridan bir tomonlama chiqib ketishi va normand kelishuvi doirasidagi qarorlarni mensimasligini anglatadi», dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, bu tinchlikka erishish sa’y-harakatlariga putur yetkazadi va muzokaralar formatini buzadi.
«Rossiya 2014 yildan beri Donbassning bosib olingan hududlarida o‘z qo‘shinlariga ega. 8 yil davomida urushni qo‘llab-quvvatlagan davlat, o‘zi aytganidek, tinchlikni saqlay olmaydi», — dedi davlat rahbari.
«Biz o‘z yurtimizdamiz, hech narsadan, hech kimdan qo‘rqmaymiz. Biz hech kimdan qarzdor emasmiz, hech kimga hech narsa bermaymiz. Bunga ishonchimiz komil, chunki hozir 2014 yilning fevrali emas, balki 2022 yilning fevrali. Boshqa davlat, boshqa armiya, bitta maqsad. Bu - Ukrainada tinchlik! Ukrainaga shon-sharaflar!» - deya xulosa qildi Zelenskiy.
Avvalroq, Vladimir Putin, Denis Pushilin va Leonid Pasechnik Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi hujjat hamda do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolagandi.
21 fevral kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi rahbarlari Rossiya prezidentidan bu respublikalarni tan olishni so‘ragandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026