Kun.uz birinçi özbek kosmonavti Solijon Şaripov ta’sisçiligidagi Özbekistonda mavjud kompaniyalar atrofida sodir bölayotgan hodisalar, tergov va sud jarayonlaridagi qarama-qarşiliklar haqida yozgan edi.

Şuningdek, bu kompaniyalarga aloqador işlarda ayblangan tadbirkor Dmitriy Savelevning ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingani Boş prokuratura tomonidan örganilib, mahkumga nisbatan tergov va sud işlari noxolis olib borilgani böyiça Oliy sudga protest kiritilgani aytilgandi.

Şaripov va uning Rossiya fuqarosi bölgan şeriklariga oid tergovning davomi bizni yana uşbu mavzuga qaytişga undadi.

Voqealar tarixiga qisqa nazar

Jizzaxlik Odinaxon Ğofurjonova özi muassislik qilgan MÇJdagi uluşlar Rossiya fuqarosi bölgan qarindoşlari tomonidan hujjatlarni soxtalaştiriş yöli bilan tortib olingani, keyinçalik bu kompaniyadagi uluşlar özga şaxslar nomiga ötkazib yuborilgani, holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi olib borayotgan tergov harakatlari esa asossiz ravişda harakatdan tugatilganini aytgandi.

Kun.uz maqolasidan keyin tergov işi IIV Tergov departamentiga ötkazilib, alohida nazoratga olingandi.

Mazkur iş doirasida Odinaxon Ğofurjonovaning şikoyatlari asosli bölib çiqqani, uning şirkatidagi uluşlar Rossiya fuqarolari tomonidan firibgarlik yöli bilan özlaştirib olingani tergovda öz tasdiğini topgani haqida maqola söngida töxtalamiz.

Şuningdek, Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Odinaxon Ğofurjonovaning hamkori bölgan Dmitriy Savelev 10 mlrd 702 mln söm miqdordagi mulkni özlaştirib yuborganlikda ayblanadi va unga nisbatan Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan ayblov xulosasi tuziladi.

Savelevning işi JIB Yakkasaroy tuman sudida körib çiqiladi va 2021 yil 5 fevraldagi hukmga köra, 6 yil-u 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Apellyatsiya şikoyati foyda bermaydi.

Hukmdan norozi Savelev va uning advokatlari tomonidan qayta va qayta şikoyat yozilavergaç, iş Boş prokuratura nazoratiga olinadi va tegişli boşqarma xodimlari tomonidan nazorat tartibida örganiladi. Yakunda Savelev işida tergov organi va sud tomonidan qator kamçiliklarga yöl qöyilgani aniqlanadi.

Jumladan, nazorat tartibida örganiş natijasida Savelevga nisbatan qöyilgan ayblovlar tegişli hujjatlar bilan töla asoslantirilmagan, kompaniya moliyaviy faoliyati ustidan ötkazilgan soliq tekşiruvlarida jiddiy xatoliklarga yöl qöyilgan, degan xulosaga kelinadi.

Soliq tekşiruvlarida Savelevning elektron imzosi bilan özlaştirilgan deb xulosa qilingan, qiymati bir neça milliard sömlik bir neçta hisob-fakturalar aslida kompaniyaning amaldagi direktori tomonidan Savelev bu lavozimdan ozod etilganidan keyin imzolanganiga e’tibor qaratilmagan.

Sudlanuvçi Savelev öz söroqlarida u direktor bölib işlagan vaqtda “Grand Ravon Oil” MÇJning respublika böylab turli manzillarda ijaraga olingan 4 ta omborxonasi bölganini aytgan. Ammo noma’lum sabablarga köra, tergov va sudlarda özlaştirilgani aytilgan mahsulotlar aynan qaçon va qaysi omborlardan olib çiqib ketilganiga oydinlik kiritmagan. Bu holatda soliq tekşiruvçilari ma’lumotlarni aynan Savelevning javobgarlikka tortilişidan manfaatdor bölgan “Grand Ravon Oil” vakillaridan olgani işning xolis körilişiga Boş prokuraturada şubha uyğotgan.

Bundan taşqari, Savelev “Grand Ravon Oil” direktorligidan ozod etilganidan söng, 2020 yil 1 iyun kuni 2,7 mlrd sömlik tovar moddiy boyliklari firmaning yangi rahbari imzosi bilan boşqa firma hisobiga çiqarilgani fakti ham soliq tekşiruvlarining töğri xulosa qilganiga şubha uyğotgan.

Tergov va har ikkala sud instansiyasi Savelevni ayblaş uçun “Grand Ravon Oil” MÇJda ötkazilgan soliq tekşiruvida 10,7 mlrd sömlik tovar-moddiy boyliklari kamomadi aniqlangani haqidagi xulosasini inobatga olgan. Ammo jinoyat işi doirasida söroq qilingan ­­­– şu kompaniyaning omborlari uçun moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlagan 5 nafar xodimning körsatmalarida tovar-moddiy boyliklarni Savelev özining şaxsiy maqsadlari yölida özlaştirib yuborganini isbotlovçi konkret faktlar keltirilmagan.

Bundan taşqari, dastlabki tergov va sudda tovar-moddiy boyliklari Savelev tomonidan qanday yöl bilan özlaştirilgani, ya’ni qanday transport vositasida, qaysi ombordan qaçon olib ketilgani va kimga berib yuborilgani kabi holatlarga aniqlik kiritilmagan.

Şu kabi holatlarni inobatga olib, Boş prokuratura sud ajrimini bekor qiliş hamda işni yangidan köriş kerak deb hisoblab, 2021 yil 24 iyun kuni Oliy sudning JIB sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasiga protest kiritadi. Tafsilotlarning jamoatçilik uçun ma’lum bölgan qismi şu yerga kelib töxtagandi.

Protestdan keyin nima özgardi?

Protest asosida iş Oliy sudda köriladi. Oliy sud Boş prokuratura protestida keltirilgan asoslarni inobatga olib, 2021 yil 23 avgustdagi ajrimi bilan apellyatsiya hay’atining 2021 yil 6 maydagi ajrimini bekor qiladi. Şundan söng iş Toşkent şahar sudida apellyatsiya tartibida qayta körişga yuboriladi.

Ammo apellyatsiya instansiyasi şu yil 10 fevraldagi ajrimi bilan birinçi instansiya sudi hukmini özgarişsiz qoldirgan. Mahkumning yaqinlari sud ajrimidan norozi bölib takroran tahririyatga murojaat yöllaşdi.

Kun.uz'ga taqdim etilgan hujjatlardan körinişiça, voqealarning tergov organidagi rivoji mutlaqo boşqa, aniqroği bölib ötgan işlarda Savelevning aybi yöq ekanini körsatuvçi tomonga qarab rivojlangan. Sud esa bularni körib turib, körmaslikka olgan bölişi mumkin.

Jumladan, Tergov departamenti D.A.Savelevni ayblaş haqidagi jinoyat işi hujjatlarini Toşkent şahar sudidan sörab olib, qöşimça tergov harakatlarini ötkazgan. Unda Savelevni “mol-mulklarini özlaştirgan” deb ayblaşga asos bölayotgan firma aslida Savelevdan jinoiy guruh tomonidan firibgarlik yöli bilan tortib olingani aniqlangan.

Xususan, jinoiy guruh D.A.Savelevning işonçiga kirgan holda, “Grand Ravon Oil” MÇJning 524,2 mln söm miqdoridagi 100 foizli uluşini jinoiy guruh a’zosiga sotiş masalasi körib çiqilgani yuzasidan ötkazilgan 1-sonli soxta bayonnomani va D.A.Savelev tomonidan 524,2 mln söm pul mablağlari olingani hamda jamiyatni sotgani, kelgusida da’vo qilmaslik haqida arizani tuzib, mazkur hujjatlarni D.A.Savelevni aldagan holda unga imzolatib, şu asosida uluş oldi-sotdi şartnomasini rasmiylaştirişga erişgan. Biroq sotilgan uluş uçun D.A.Savelevga heç qanday pul yoki moddiy qiymatliklar berilmagan.

Şuningdek, tergovda aniqlanişiça, 2019 yil 24 oktyabrda “Grand Ravon Oil” MÇJ bilan “Factor Auto Oil” MÇJ örtasida tuzilgan 2 mlrd sömlik 16-sonli oldi-sotdi şartnomasiga binoan, aslida 2 mlrd 242 mln sömlik tovar-moddiy boyliklar xarid qilingan bölsa-da, jinoiy guruh göyoki “Grand Ravon Oil” MÇJ tomonidan jami 9 mlrd 877 mln sömlik tovar-moddiy boyliklar qabul qilib olingani haqida jami 9 dona hisob-varaq fakturalarni soxtalaştirgan, uşbu ma’lumotlarni buxgalteriya hisobotlarida notöğri aks ettirib, sun’iy ravişda jamiyatning boşqa bir firma oldida qarzdorligini yuzaga keltirgan.

2021 yil 6 noyabrda ötkazilgan 1225-sonli sud-xatşunoslik ekspertizasi xulosasiga köra, mazkur hisob-varaq fakturalardagi D.A.Savelev satridagi imzolar aslida u  tomonidan emas, balki boşqa şaxslar tomonidan öxşatib bajarilganligi aniqlangan.

2021 yil 7 oktyabrdagi sudning ajrim ijrosini ta’minlaş jarayonida “Grand Ravon Oil” XK ta’sisçisi D.A.Savelev, moddiy javobgar şaxslar N.Kurkova, Ş.Boymatov, D.Boymatov, R.Galiveyev va A.Gusevlarning harakatlarida özlaştiriş jinoyati alomatlari aniqlanmaganligi, özlaştirilgan tovar-moddiy boyliklar esa soxta hujjatlar asosida keltirib çiqarilgani, uşbu tovarlar Savelev va boşqalarning mol-mulki unga ega çiqişni reja qilgan uyuşgan guruh a’zolari tomonidan aldov va özlaştiriş yöli bilan qölga kiritilgani tergov yöli bilan aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan ularga nisbatan ayblov e’lon qilingan.

Ayni paytga qadar tergovi tamomlangan jinoyat işi böyiça 9 kişi ayblanmoqda, 6 nafariga qamoq, qolgan 3 nafariga garov ehtiyot çoralari tanlangan. Iş JIB Olmazor tuman sudida körib çiqilmoqda. Ular jami 7 ta mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi firmalar (şu jumladan Savelevga tegişli)ning ustav fondidagi uluşlarni jinoiy yöllar bilan özlaştiriş va ularning mol-mulklarini talon-toroj qilişda ifodalangan qilmişlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Aynan mana şu işda bugungi hikoyamiz qahramoni Dmitriy Savelev jabrlanuvçi deya e’tirof etilgan.

Jinoiy guruhning yana 20 ga yaqin a’zolariga nisbatan turli moddalar bilan jinoyat işi qözğatilib, alohida iş yurituviga ajratib olingani ma’lum.

Tergov organi tomonidan yuqoridagi asoslarning barçasi şahar sudiga taqdim etilganiga qaramay, apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’ati ularga köz yumib, 2022 yil 10 fevraldagi ajrimi bilan birinçi instansiya hukmini özgarişsiz qoldirdi.

Maqolada tilga olingan voqealar şu qadar çalkaş va bir biriga örgimçak töri kabi çirmaşib ketganki, barça tafsilotlarni bir maqolaga siğdirişning imkoni yöq.

Voqealarning barça tafsilotlariga qiziqqan kişilar JIB Olmazor tuman sudida körib çiqilayotgan oçiq sud majlisini kuzatişlari mumkin. Köp narsalarga şu sudda oydinlik kiritilsa ajab emas.

Mavzuni kuzatişda davom etamiz.

Abbos Salaydinov,
Kun.uz muxbiri