Qayd etilişiça, taksilar, sayyohlik avtobuslari va çet el delegatsiyalarining transporti uçun estakadada harakatlanişga ruxsat etiladi.

Estakada böylab terminalga ötiş qoidalari quyidagiça:

estakadaning öng tomondagi çiziği sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uçun, çap tomondagi çiziği esa taksilar uçun möljallangan;

taksilar uçun estakadada yölovçilarni oliş/tuşiriş vaqti 5 daqiqadan, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uçun 10 daqiqadan oşmasligi kerak;

estakadaning öng va çap çiziqlarini ajratib turadigan sariq çiziqda töxtaş taqiqlanadi va jarima tölanişini nazarda tutadigan qoidabuzarlik hisoblanadi.

Estakadada bir vaqtning özida 30 ta yengil avtomobil yoki turistik avtobuslarni hisobga olgan holda, 17 ta avtomobil joylaşişi mumkin.