Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV: Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinidagi o‘zbekistonliklarga xavf yo‘q
O‘zbekiston TIV Rossiya hududidagi fuqarolarga biror-bir xavf-xatar yuzaga kelsa, tezkor ravishda tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
Tashqi ishlar vazirligi Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan O‘zbekiston fuqarolariga xabar yo‘lladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, Rossiyaning Ukrainaga yaqin hududlarida joylashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun xavotirlanishga sabab va asoslar yo‘qligini ma’lum qilamiz.
O‘zbekiston Respublikasining Moskva shahridagi elchixonasi hamda Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiya Federatsiyasining tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin va doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Fuqarolarimiz uchun biror-bir xavf-xatar yuzaga kelganda, tezkor ravishda tegishli choralar ko‘riladi.
Zarur hollarda fuqarolarimiz quyidagi aloqa raqamlariga murojaat qilishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi: +7 499 230-00-76, +7 499 230-00-32;
Rostov-Dondagi Bosh konsulxona: +7 988 586-59-82, +7 918 554-04-76, +7 988 586-70-35, +7 988 586-59-82», deyiladi vazirlik murojaatida.
Mavzuga oid
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026
Ukraina «sulh»ning birinchi kunida Rossiya bo‘ylab yuzlab dron uchirdi
18:10 / 08.05.2026