26 fevral kuni, soat taxminan 23:30 larda Toşkent şahrida Spark rusumli avtomaşina «Şahriston» metro bekatidan çiqib ketayotgan piyodani urib yuborib, bekatning yer osti ötiş joyiga tuşib ketgan. Bu haqda Toşkent şahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

«2022 yil 26 fevral kuni soat taxminan 23:30larda 1994 yilda tuğilgan, M.N. boşqaruvidagi «Spark» rusumli  transport vositasida Yunusobod tumani A.Temur köçasi böylab, Unversam aylanma tomonga harakatlanib ketayotgan vaqtda 1-uy qarşisida boşqaruvni yöqotib, «Şahriston» metro bekatidan çiqayotgan piyoda, 2000 yilda tuğhilgan B.D.ni urib yuborgan. 

Natijada piyoda B.D., haydovçi M.N va yonidagi yölovçi M.N  olgan tan jarohati bilan şifoxonaga murojaat qilgan», deyiladi xabarda. 

Uşbu holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan dastlabki suriştiruv harakatlari ötkazilmoqda.