25 yanvardagi blekaut vaqtida uyida “svet” öçmagan juda kam sonli özbekistonliklar – uylarining tomiga quyoş paneli örnatganlar edi. SUBYEKTIV bu safar mana şu qiziqarli hodisa – Özbekiston şaroitida uydagi “svet mustaqilligi”ga erişiş mavzusiga murojaat qildi.
Oxirgi yillarda Özbekistonda ikki konturli isitiş qozonlari ommalaşib boryapti, çunki bu ança qulay va tejamkor: xonadoningiz markaziy isitiş tizimi va issiq suv ta’minotiga boğliqlik joyi bölmaydi. Uyingizni xohlagan paytda, xohlagan haroratda isitasiz; isitiş va issiq suv uçun pul tölamaysiz.
Endi tasavvur qiling-a, xuddi ana şunday mustaqillik elektr energiyasi bilan ham bölsa-çi? Ya’ni uyingizga heç qayerdan sim tortib kelmay, şunçaki tomga quyoş panellarini örnatib qöyişingiz mumkin. Va bu borgan sari reallikka aylanib bormoqda.
SUBYEKTIV loyihasi yangi sonida muqobil energiya manbalari, yana ham aniqroği quyoş nuridan yirik stansiya va uy şaroitida elektr energiyasi oliş hamda bu yönalişning kelajagi haqida hikoya qiladi.








