Bugun dunyodagi aksariyat boylar qatori rossiyalik milliarderlar ham juda haşamatli hayot keçirişadi. Xususiy samolyotlar, millionlab dollarga baholanadigan köçmas mulklar, qimmatbaho yaxtalar ularning taşrif qoğoziga aylanib ulgurgan. Şu jumladan, rossiyalik milliarder Alişer Usmonovning ham. Bu şaxs dunyodagi eng yirik va qimmatbaho yaxtalardan biri bölgan Dilbar’ga egalik qiladi.

Dilbar Alişer Usmonovning birinçi qimmatbaho yaxtasi emas. U Dilbar’dan avval boşqa yana bir qimmatbaho yaxtaga egalik qilgan. Uning nomi ham Dilbar bölgan. 2016 yilda hozirgi yaxtasi qurilgaç, uni Dilbar deb nomlaydi va avvalgi yaxtasining nomini Ona deb özgartiradi. Keyinçalik Ona sotuvga qöyiladi. Uni ismi-şarifini oşkor qilişni xohlamagan, Yaqin Şarqda yaşovçi xaridor sotib oladi va nomini Al Raya deb özgartiradi.

Ukraina hududiga bostirib kirişini agressiya deb baholagan Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarşi keskin iqtisodiy va siyosiy sanksiyalar joriy eta boşladi. Keyin esa navbat Rossiya milliarderlarga yetib keldi va ularga qarşi sanksiyalar e’lon qilindi. Röyxatdagilar orasida Alişer Usmonov ham bor.
2022 yil 2 mart kuni OAVda Germaniya hukumati Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Alişer Usmonovning Dilbar nomli yaxtasini xatlovga olgani haqida xabar tarqaldi. Bu paytda narxi 800 million dollar baholanadigan yaxta Hamburg portida joylaşgan Blohm+Voss kemasozlik korxonasida qayta jihozlaş işlarini amalga oşiriş uçun turgandi.
Şuningdek, yana bir rossiyalik oligarx, «Rosneft» rahbari Igor Seçinga tegişli deyiladigan Amore Vero yaxtasi Fransiyadagi portda turganda xatlovga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Oradan biroz ötib Hamburg şahar ma’muriyati bu xabarni rad etdi. Garçi Dilbar’ning xatlovga olingani rad etilgan bölsada Rossiyaning Ukrainaga bosqini tufayli bu xavf saqlanib qolaveradi va yaxta istalgan paytda xatlovga olinişi mumkin.

Xatlovga olingan yaxtalarning taqdiri nima böladi?
Garçi Usmonovga tegişli yaxtaning xatlovga olingani rad etilgan bölsada uning kelgusi taqdiri mavhumligiça qolaveradi. Çunki yaxtani hozirgi qaltis vaziyatda Germaniyadan olib çiqib ketişning özi bölmaydi. Qolaversa Rossiya Ukrainadagi uruşni davom ettiraversa Usmonov va Seçin öz yaxtalaridan ayrilişi ehtimoli ham yöq emas.
Agar uruş töxtatilsa va Rossiya Ukrainadan qöşinlarini olib çiqsa, ma’lum vaqtdan söng yaxtalar sohiblariga qaytarilişi mumkin. Ammo bunday qarorlar Rossiyaning Ukraina masalasida bundan keyin tutadigan xatti-harakatlariga boğliq.
Agar tarixdagi öxşaş hodisalarga qaralsa, aksariyat hollarda xatlovga yoki hibsga olingan turli transport vositalari, samolyotlar, kemalar musodara qilingan. Masalan, Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husaynga tegişli Basrah Breeze superyaxtasi AQŞ boşçiligidagi koalitsiya tarkibida Iroqqa qarşi uruşgan Saudiya Arabistoni tomonidan hibsga olinib, musodara qilingan va savdoga qöyilgan. Xaridor çiqmagaç, keyinçalik mehmonxonaga aylantirilgan.

Dunyodagi eng qimmat yaxtalarning köpiga rossiyaliklar, Yaqin Şarq hamda Fors körfazi davlatlarida yaşovçi badavlat kişilar egalik qilişadi. Top-10 röyxatidagi eng qimmat yaxtalarning uçtasi rossiyalik, yana uçtasi arab boylariga tegişli.
Dunyodagi eng qimmat yaxtalar va ularga egalik qiluvçi şaxslar
Serene

Serene yaxtasi Saudiya Arabistoni şahzodasi Muhammad bin Salmonga tegişli. Narxi – 330 million dollar. Yaxta Bermud orollarida röyxatdan ötkazilgan.
Yaxtaning uzunligi 134, eni 18,5 metr. Umumiy maydoni 4 500 metr kvadratni taşkil etadi.
Yaxta Italiyaning Fincantieri kemasozlik kompaniyasi tomonidan rossiyalik milliarder Yuriy Şaflerning buyurtmasiga asosan qurilgan. U 2011 yilda suvga tuşirilgan. Rossiyalik milliarder mazkur yaxtaga bir neça yil egalik qilgaç, uni Saudiya şahzodasiga sotgan.
Yaxtada trenajyor zali, bir neçta basseyn, kinoteatr, vertolyot qönişi uçun ikkita maydonça, şuningdek, sun’iy qor qoplangan maxsus xona bor. Unda 55 kişilik ekipajga xizmat körsatiladi.
Dubai

Dubai yaxtasi Dubay amiri Muhammad ibn Raşid al Maktumga tegişli. Narxi – 400 million dollar.
Dubai yaxtasini Germaniyaning Blohm & Voss kemasozlik kompaniyasi yasagan va u 2006 yilda suvga tuşirilgan. Yaxtaning uzunligi 162, eni 22 metrni taşkil etadi. U uzunligi böyiça dunyoda uçinçi örinda turadi.
Mazkur yaxtada vertolyot qönişi uçun maydonça, basseyn bor. Yaxta amirning yozgi saroyi körinişida jihozlangan. Yaxtada 88 kişidan iborat ekipajga xizmat körsatiladi.
REV Ocean

REV Ocean norvegiyalik milliarder Kell Inge Rekkega tegişli. Yaxta 450 million dollarga narxlanadi. U Norvegiyada röyxatdan ötkazilgan.
Mazkur yaxtani Niderlandiyaning Oceanco kemasozlik kompaniyasi qurgan va u 2019 yilda suvga tuşirilgan. Boşqa qimmat yaxtalardan farqli ravişda REV Ocean hordiq çiqariş uçun qurilmagan. Şu sababli unda kinoteatr va basseyn yöq, faqat vertolyot qönişi uçun maydonça hamda ilmiy-texnik jihozlar bor.
Mazkur yaxtada asosan olimlar va ilmiy xodimlar okean tadqiqotlari işlarini olib borişadi. Şu sababli unda uçta kiçik tadqiqot kemasi bor va ulardan biri suvosti kemasi hisoblanadi. Mazkur yaxta 30 kişilik ekipajga xizmat körsatadi.
Sailing Yacht A.

Sailing Yacht A. yaxtasi rossiyalik Andrey Melniçenkoga tegişli. Uning narxi 500 million dollar bölib, Bermud orollarida röyxatdan ötkazilgan.
Uni Germaniyaning Nobiskrug kemasozlik korxonasi qurgan va u 2015 yilda suvga tuşirilgan. Yaxtaning uzunligi 142, eni 24,8 metr. Yaxtada 54 nafar ekipaj a’zolari xizmat körsatadi.
Topaz

Topaz yaxtasi Abu Dabi amirligi oilasi a’zosi Mansur Zayd al Nahayonga tegişli. Yaxta narxi 525 million dollar. U Kayman orollarida röyxatdan ötkazilgan.
Mazkur yaxtani Germaniyaning Lurssen kemasozlik kompaniyasi qurgan va u 2012 yilda suvga tuşirilgan. Uning uzunligi 147, eni 21,5 metr.
Yaxtada kinoteatr, konferensiya zali, fitnes-zal, kinoteatr, vertolyot qönişi uçun ikkita maydonça, basseyn bor.
Crescent

Crescent yaxtasi “Blek Dragon Mineralz” kompaniyasiga tegişli. Yaxta 600 million dollarga narxlanadi. U Kayman orollarida röyxatdan ötkazilgan.
Uşbu yaxtani ham Germaniyaning Lurssen kemasozlik kompaniyasi qurgan va u 2018 yilda suvga tuşirilgan. Yaxtaning uzunligi 135, eni 21 metrni taşkil etadi.
Yaxtada trenajyor zali, basseyn, kinoteatr, vertolyot qönişi uçun ikkita maydonça bor.
Azzam

Azzam yaxtasi Abu Dabi amiri Xalifa ibn Zayd ibn Sulton al Nahayonga tegişli. Uning narxi 620 million dollar.
Uşbu yaxtani ham Germaniyaning Lurssen kemasozlik kompaniyasi qurgan va u 2013 yilda suvga tuşirilgan.
Azzam dunyodagi qimmatbaho yaxtalar orasida eng uzuni va yirigi hisoblanadi. Uning uzunligi 180, eni 20,8 metr. Uning sathi ikkita futbol maydoniga teng.
Dilbar

Dilbar, yuqorida aytganimizdek, rossiyalik milliarder Alişer Usmonovga tegişli. U 800 million dollarga narxlanadi. Yaxta Kayman orollarida röyxatdan ötkazilgan.
Uşbu yaxtani ham Germaniyaning Lurssen kemasozlik kompaniyasi qurgan va 2015 yilda suvga tuşirilgan. Uzunligi 156, eni 24 metrni taşkil etadi.
Yaxtani Alişer Usmonov onasining ismi bilan nomlagan. Dilbar yaxtasi vertolyot qönişi uçun ikkita maydonça, kinoteatr va hordiq çiqariş uçun boşqa qulayliklarga ega. Yaxtaning ekipaji 80 kişidan iborat.
Eclipse

Eclipse yaxtasi yana bir rus milliarderi Roman Abramoviçga tegişli. Yaxta 1,2 milliard dollarga narxlanadi. U Bermud orollarida röyxatdan ötkazilgan.
Eclipse yaxtasini Germaniyaning Blohm & Voss kemasozlik kompaniyasi qurgan va 2009 yilda suvga tuşirilgan. Yaxtaning uzunligi 162,5, eni 21,5 metrni taşkil etadi.
Yaxtada konsert zali, uçta oşxona, kinoteatr, ikkita basseyn, raqs maydonçasi, vertolyot qönişi uçun ikkita maydonça, texnikalardan 2 vertolyot, 4 kater, 20 skuter bor.
Roman Abramoviçning yaxtasi jurnalistlar tomonidan “mega-yaxta” deb ataladi. Unda 70 kişilik ekipajga xizmat körsatiladi.
History Supreme

History Supreme yaxtasining egasi rasman noma’lum. Norasmiy ma’lumotlarga köra, u malayziyalik milliarderga tegişli. Yaxta 4,8 milliard dollarga narxlanadi.
History Supreme yaxtasi Italiyaning Baia Yaçs kemasozlik kompaniyasi tomonidan qurilgan va 2011 yilda suvga tuşirilgan. Uning uzunligi bor-yöği 30 metr.
History Supreme yaxtasining ölçami kiçik bölgani uçun unda boşqa yirik yaxtalardagi kabi kinoteatr, vertolyot qönişi uçun maydonça va basseyn yöq. Bunday kiçik ölçamdagi yaxtaning qimmat narxlanişiga sabab: uni jihozlaşda qimmatbaho metallardan foydalanilgan.
Amore Vero

Rossiyalik boy Igor Seçinga tegişli ekani aytiladigan Amore Vero yaxtasi garçi eng qimmat yaxtalar önligiga kirmasa ham, haşamatda boşqa yaxtalardan qolişmaydi. U 200 million dollarga narxlanadi.
Mazkur yaxtani ham Niderlandiyaning Oceanco kemasozlik kompaniyasi qurgan va u 2012 yilda suvga tuşirilgan.
Yaxtaning umumiy sathi futbol maydoniga teng bölib, unda basseyn, vertolyot qönişi uçun maydonça bor. Bundan taşqari, unda ikkita yirik kater, bitta suv ostiga şönğiş apparati bor.
Mazkur yaxta avvaliga Seçinning turmuş örtoği şarafiga “Malika Olga” deb nomlangan. 2017 yilda u xotini bilan ajraşgaç, yaxtaning nomi Amore Vero deb özgartirildi. Igor Seçinning özi yaxta unga tegişli emasligini aytgan bölsa-da, Ğarb OAV yaxta unga tegişli ekanini körsatuvçi bir neçta dalillar borligini ta’kidlaydi.
Ğayrat Yöldoş tayyorladi.












