Toşkent şahri Uçtepa tumanida qalbaki AQŞ dollarlarini sotayotgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Boş prokuratura huzuridagi departamentning Uçtepa tuman bölimi tomonidan Özbekiston Milliy gvardiyasi xodimlari bilan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ş.Q. va D.T. qalbaki kupyuralarni ötkaziş maqsadida oldindan til biriktirib, jami 50 dona qalbaki 100 AQŞ dollari kupyuralarini fuqaro N.ga 32 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.