Kiyev oblastidagi Irpen şahrida amerikalik kinodokumentalist Brent Reno halok böldi. Bu haqda oblast politsiyasi boşliği Andrey Nebitov xabar berdi. Uning aytişiça, jurnalistlar rossiyalik harbiylar öqlariga nişon bölgan.
Yana ikki jurnalist yaralangan holda şifoxonaga yotqizilgan. Yaralangan jurnalistlardan birining sözlariga köra, ular qoçqinlarni tasvirga olayotganida öt oçilgan, Renoning böyniga öq tekkan.
Bu Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan buyon OAV vakili ölimi bilan boğliq ilk holatdir. Uning yonidan NYT beyjigi topilgan.

Brent Reno muqaddam The New York Times naşri bilan hamkorlik qilgan. Naşr uning ölimi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.
The New York Times öz bayonotida Brent Reno ötmişda köp yillar gazeta uçun işlagani, ammo Ukrainaga tahririyat topşiriği bilan bormaganini ma’lum qildi.
Hozirça Reno qaysi naşr nomidan Ukraina voqealarini yoritiş bilan şuğullangani noma’lum. IMDB bazasida xabar qilişlariça, Brent Reno ukasi Kreyg bilan harbiy mojarolar hududlaridan hujjatli filmlar işlaş bilan şuğullangan, jumladan Iroq va Afğonistonda. Uning faoliyati nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.
Bu hodisadan keyin jurnalistlarga Irpenga boriş taqiqlandi.
«Şu orqali ularning ham, himoyaçilarimizning ham hayotini saqlab qolmoqçimiz», degan şahar rahbari Aleksandr Markuşin.









