Prezident “Nuroniylarni har tomonlama qöllab- quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorni imzoladi.
2022 yil 1 apreldan boşlab:
a) özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar va yolğiz yaşaydigan keksalar har yili bir marotaba sanatoriylarda bepul soğlomlaştiriladi;
b) şaroiti oğir va kam ta’minlangan keksalarga şifokorlarning retseptlariga asosan 3 oylik ehtiyojdan kelib çiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya moslamalari olib beriladi hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplanadi;
v) oğir taşxisli kasalliklari hamda nogironligi bölgan keksalarga şifokorlarning retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib çiqib dori vositalarining 50 foizigaça bölgan summasi kompensatsiya qilinadi.
Bunda, dori vositalarining röyxati Soğliqni saqlaş vazirligi bilan kelişiladi hamda Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligining qarori qabul qilingan kundagi dori vositalarining tegişli summasi kompensatsiya qilinadi;
g) keksalarning jismoniy tarbiya va sport yönalişidagi muassasalarda (stadion, sport zallari, basseyn va boşqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişlari uçun abonement xarajatlari qoplanadi.
Bunda, abonement xarajatlarining bir oylik summasi bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravaridan oşmagan holda sport yönalişidagi muassasalarning hisob raqamiga ötkazib boriladi;
d) davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uçun çipta narxlari töliq qoplab beriladi.
2022 yil 1 maydan boşlab ijtimoiy yordam körsatiş xizmati xodimlari yolğiz keksalar va yolğiz yaşaydigan keksalar hamda nogironligi bölgan şaxslar tomonidan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligining “Sall-markazi”ga qilingan murojaatlar asosida quyidagi xizmatlarni körsatadi:
a) axborot-servis xizmati:
oilaviy şifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar şifokorlari körigiga yozdiriş, ularni uyga körikdan ötişga çaqiriş;
“Nuroniy” jamğarmasi xizmatlaridan foydalaniş uçun buyurtma beriş, röyxatdan ötiş va buyurtmaning holatiga aniqlik kiritiş;












