2021/2022 öquv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va öquvçilar öqişi uçun kontrakt miqdorini tölaşning sönggi muddati 2022 yilning 1 aprel sanasi etib belgilandi, deb xabar qildi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi.

Uşbu muddat:

  • tölov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
  • tölov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga öquvçilikka tavsiya etilganlar;
  • tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
  • öqişi köçirilgan (köçirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uçun amal qiladi.

Bungaça kontrakt tölaş muddati 1 martga qadar uzaytirilgan edi.