Keça, 21 mart kuni soat 16:44 da Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi navbatçilik qismiga poytaxtning Yaşnobod tumanidagi Elbek köçasida joylaşgan elektr podstansiyasida yonğin çiqqani haqida xabar kelib tuşdi, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

«Favqulodda vaziyatlar vazirligining öt öçiriş va qutqaruv brigadalari yonğin sodir bölgan joyga yetib bordi. Voqea joyida quvvati 16 ming kVA bölgan transformator yonib ketgani ma’lum böldi. Yonğin soat 17:09 da öçirildi», — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.