«Katta yettilik» mamlakatlari va Yevroittifoq Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar töplami borasida kelişib oldi, deb xabar berdi «Yevronyus».
Xabarda aytilişiça, AQŞ Rossiya Davlat dumasi deputatlari hamda qator yirik mudofaa va moliya taşkilotlari rahbarlarini qora röyxatga kiritişini e’lon qildi. Bundan taşqari, Rossiya markaziy bankiga aloqador bölgan oltin bilan boğliq har qanday kelişuvlarga nisbatan sanksiya qöllaniladi.
London ham önlab şaxslar va taşkilotlarni qora röyxatga kiritdi.
«Katta yettilik» va Yevroittifoq yetakçilari Rossiyaga qarşi sanksiyalarning buzilişi holatlari böyiça ma’lumot almaşişga ham kelişib oldi.
Rossiya taşqi işlar vazirligi bu çoralarni «iqtisodiy uruş» deb atadi. Moskvaning bildirişiça, Amerika sanksiyalari Rossiya va AQŞ munosabatlarini butunlay yöqqa çiqarişi mumkin.














