Vazirlar Mahkamasining “Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetçerlik markazi” davlat unitar korxonasini taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Markaz “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning milliy, regional va hududiy dispetçerlik funksiyalarini bajaradi.

Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • yagona elektr energetika tizimini operativ boşqariş va uning işonçli işlaşini ta’minlaş;
  • yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvçi korxonalarning dispetçerlik boşqaruvini amalga oşiriş;
  • elektr energiyasiga bölgan talab va taklifdan kelib çiqib, uni işlab çiqariş va iste’mol qilişning har soatlik rejimini şakllantiriş;
  • yagona elektr energetika tizimining texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda işlaşini ta’minlaş; 
  • yagona elektr energetika tizimining qöşni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravişda işlaş rejimlarini boşqariş.

Quyidagilar markaz faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi:

  • elektr energiyasini işlab çiqaruvçi va taqsimlovçi taşkilotlarga şartnoma asosida dispetçerlik xizmatini körsatişdan tuşadigan mablağlar;
  • xalqaro moliya taşkilotlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari mablağlari;
  • homiylik xayriyalari va qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.