Sirdaryo viloyati Davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari mahalliy MÇJ vakilidan muqaddam pora sifatida olgan 14,5 ming dollardan 5 ming dollarini qaytarib berayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qölga olindi.
DXX matbuot xizmati xabar berişiça, 2021 yilda prokuratura organlari tomonidan Sirdaryo viloyatidagi mas’uliyati çeklangan jamiyatlardan birining mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida MÇJning moliyaviy-xöjalik faoliyati böyiça soliq idoralari hujjatli taftiş ötkazgan. Öşa davrda viloyat Davlat soliq boşqarmasida boş inspektor bölib işlagan mansabdor şaxs aniqlangan 900 million sömga yaqin moliyaviy xato va kamçiliklar böyiça belgilanişi lozim bölgan 300 million sömlik jarima miqdorini 72 million sömga kamaytirib beriş evaziga 14 ming 500 dollar miqdorida pora olgan.
Ötkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari mahalliy MÇJ vakilidan muqaddam pora sifatida olgan pullaridan 5 ming dollarini qaytarib berayotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qölga olingan.
Hozirda unga nisbatan DXX Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.
Şuningdek, Farğona viloyatidagi tumanlardan birining Mudofaa işlari bölimi boşliği fuqaroni (1998 yilda tuğilgan) viloyatdagi harbiy qismlardan birining orkestriga tanişlari orqali işga kiritib qöyişini aytgan. U evaziga 2 ming dollar olgan vaqtida DXX va Boş prokuratura departamentining hududiy boşqarmalari xodimlari tomonidan uşlangan.
Hozirda mazkur mansabdor şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.












