Buyuk Britaniya, AQŞ va Avstraliya 5 aprel, seşanba kuni AUKUS harbiy bloki doirasida gipertovuşli qurolni yaratiş böyiça hamkorlik qilişga kelişib oldi. Bu haqda 5 aprel, seşanba kuni Buyuk Britaniya hukumati saytida çop etilgan bayonotda aytiladi.
Bayonotda keltirilişiça, mamlakatlar gipertovuşli qurolni yaratiş va unga qarşi kuraşiş yöllari böyiça yangi uç tomonlama hamkorlikni boşlaydi, şuningdek, axborot almaşinuvini kengaytiradi va mudofaa innovatsiyalari sohasidagi hamkorlikni çuqurlaştiradi.
«Rossiyaning Ukrainaga asossiz va noqonuniy bostirib kirişi munosabati bilan biz inson huquqlari, qonun ustuvorligi va nizolarni majburlaşsiz tinç yöl bilan hal etişni ta’minlaydigan xalqaro tizimga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik», — deyiladi press-relizda.
AQŞ va Avstraliyada SCIFiRE deb nomlangan gipertovuşli qurol dasturi mavjud. Britaniya rasmiylarining ta’kidlaşiça, Buyuk Britaniya hozirça dasturga qöşilmaydi, biroq uç davlat öz imkoniyatlarini kengaytiriş uçun bu sohada tadqiqot va işlanmalar ustida hamkorlik qiladi.
Avvalroq, 5 aprel kuni AQŞ gipertovuşli raketaning yangi muvaffaqiyatli sinovi haqida xabar e’lon qilgan edi. CNN ma’lumotlariga köra, HAWC gipertovuşli qanotli raketa sinovlari mart oyi örtalarida, ya’ni Ukrainadagi uruş paytida Rossiya tomonidan «Kinjal» gipertovuşli raketasi qöllanilganidan bir neça kun ötib amalga oşirilgan. Biroq, Amerika mediakompaniyasiga köra, bu ma’lumot Rossiya bilan munosabatlarda keskinlik yuzaga kelmasligi uçun tarqatilmagan.








