Çilonzor tumani bolalar va ösmirlar sport maktabida imkoniyati çeklangan bir guruh sportçilar kamondan öq otişning “compound bow” turi bilan şuğullanmoqda. Kamondan öq otişning bu turi Özbekistonda hozirça yangi, özbek tiliga tarjima ham qilinmagan, lekin sözma-söz “aralaş ipli kamondan öq otiş” deyiş mumkin.

Paralimpiya qömitasining kamondan öq otiş böyiça terma jamoa a’zosi, murabbiy Ubaydulla Imomqulov mazkur sport turi, uning Özbekistonga kirib kelişi tarixi va sportdagi rejalari haqida gapirib berdi.

Kamondan öq otişning “compound bow” turi haqida

Kamondan öq otiş sportining aynan biz maşğulot olib borayotgan “compound bow” turi Özbekistonga 2018 yilda kirib keldi. Ungaça kamondan öq otişning klassik turi mavjud bölib, soğlom sportçilar orasida ommalaşgandi. “Compound bow” turini Özbekistonga olib kirişda taşabbus körsatdim. Hozirda uni imkoniyati çeklangan sportçilar orasida ommalaştiriş uçun harakat qilyapman. Soğlom sportçilar orasida ham keng tarqalişi uçun harakat qilişni rejalaştirganman.

Kamondan öq otiş sporti insonning nafaqat jismoniy, balki aqliy rivojlanişiga ham yordam beradi.

Kamondan öq otişning klassik va “compound bow” turlari orasida farqlar bor. Klassik tur Olimpiya öyinlariga kiritilgan, biroq “compound bow” Olimpiya öyinlari röyxatida yöq, u Paralimpiya öyinlari sport turlari röyxatiga kiritilgan.

Bundan taşqari, kamonning ipida ham farqlar bor.

“Baxsiz tasodif bilan öng qölimdan ayrilganman”

2005 yilda baxsiz tasodif bilan öng qölimdan ayrilganimdan söng ma’lum vaqt ötib soğlom muhitni şakllantirişim uçun nima qilişim mumkin deb öylay boşladim. Keyin amputantlar futbol jamoasiga borib maşğulotlarda qatnaşdim, biroq çap qölimni ham sindirib olgaç, şifokor suyaklarim mört ekani, futbol menga töğri kelmasligini tuşuntirdi.

Şundan söng 2009 yildan 2014 yilgaça yuguriş sporti bilan doimiy şuğullanib, muntazam ravişda Özbekiston çempioni bölib keldim, xalqaro musobaqalarda qatnaşdim. Lekin turli jarohatlar olib bu sport turini ham taşlaşga majbur böldim.