Prezident tomonidan “Kamondan otiş sport turini yanada rivojlantiriş va ommalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaror imzolandi.

U bilan uşbu sport turini yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlari belgilandi. Ular jumlasida:

  • iqtidorli yoşlarni aniqlaş, tanlaş va saralaş hamda ularni professional sportçilar sifatida tayyorlaşning yangi tizimini yölga qöyiş;
  • jismoniy imkoniyati çeklangan va nogironligi bölgan şaxslar tomonidan parakamondan otiş sport turi bilan şuğullaniş uçun zarur şaroitlar yaratiş, ularning Paralimpiya va Paraosiyo öyinlari hamda xalqaro musobaqalar, turnirlar va jahon çempionatlarida doimiy va munosib iştirokini ta'minlaş;
  • respublika va xalqaro musobaqalar, turnirlarni hamda jahon çempionatlarini doimiy ravişda taşkil etiş va ötkaziş, mamlakatimizning reyting körsatkiçlarini yaxşilaş;
  • jahon standartlariga javob beradigan milliy va professional çet el brend kamonlari, öqlar, tösiqlar hamda sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasini işlab çiqarişni taşkil etiş.

Quyidagilar taşkil etiladi:

  • har bir bolalar-ösmirlar sport maktabida (şu jumladan, kelgusida yangi taşkil qilinadigan maktablarda) mavjud imkoniyatdan kelib çiqib, kamondan otiş seksiya va bölimlari;
  • 2022/2023 öquv yilidan boşlab Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida - kamondan otiş ta'lim yönalişi.

2021 yil 1 sentyabrdan boşlab kamondan otiş sport turi böyiça hududlarda iqtidorli yoşlarni aniqlaş, tanlaş va saralaşning uç bosqiçli tizimi joriy etiladi. Bunda:

  • I bosqiçda – ta'lim muassasalari, bolalar-ösmirlar sport maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlari va boşqa sport ta'lim muassasalaridan saralangan sportçilar örtasida tuman (şahar) musobaqalari (tuman/şahar hokimi kubogi);
  • II bosqiçda – tuman (şahar) musobaqalari ğoliblari va sovrindorlari örtasida hududiy musobaqalar (Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari kubogi);
  • III bosqiçda – hududiy musobaqalar ğoliblari va sovrindorlari örtasida respublika musobaqalari ötkaziladi.