Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimpiada oldidan kamondan otish bo‘yicha milliy jamoa sportchilari uchun fotosessiya tashkil etildi
Asialuxe Travel tur operatori 20 iyun kuni kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoa a’zolari uchun maxsus fotosessiya tashkil etdi.
Bu tadbir sportchilarning musobaqalardagi yutuqlari va Olimpiada uchun litsenziya olganliklari munosabati bilan o‘tkazildi.


O‘zbekistonning kamondan otish bo‘yicha milliy terma jamoasi so‘nggi yillarda jahon arenasida o‘z mavqeini mustahkamlab, 2024 yilgi mavsumda ayniqsa muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Jamoaning eng diqqatga sazovor yutuqlaridan biri Ziyodaxon Abdusattorovaning Parij Olimpiadasi uchun litsenziya qo‘lga kiritgani bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik sportchining Tailandda bo‘lib o‘tgan lisenzion musobaqadagi yorqin chiqishlaridan biri edi. Bu g‘alaba kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasini tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasi hisoblanadi.

Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon lisenzion turnirda Amirxon Sodiqov ham yarim finalda vetnamlik Le Kuok Fongni 7:1 hisobida, finalda esa bangladeshlik Islam Sagorni 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu bilan sportchi Parij Olimpiadasi uchun yana bir litsenziyani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik sportchilar bu yo‘nalishda jahonning eng kuchli sportchilari bilan kurashib, Jahon Kubogi bosqichlarida munosib tarzda vakillik qilishmoqda. Asialuxe Travel kompaniyasining milliy terma jamoa uchun maxsus fotosessiya tashkil qilishi sportchilarning kelgusi musobaqalardagi yutuqlariga bildirgan ishonchi hisoblanadi.
Mavzuga oid
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026
Xokkey bo‘yicha AQSh terma jamoasi 1980 yildan buyon ilk bor Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritdi
22:00 / 22.02.2026
Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi
21:31 / 20.02.2026