Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston karate va kamondan otish terma jamoalari uchun badiiy-mehmondorchilik tadbiri o‘tkazildi
Toshkentdagi restoranlardan birida O‘zbekiston karate va kamondan otish terma jamoalari vakillari uchun bayramona kecha o‘tkazildi. Ushbu ikki terma jamoani noyabr oyida mas'uliyatli musobaqalar kutmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi va Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tadbir ishtirokchilari dastlab MOQda jam bo‘lishdi va maxsus avtobusda manzil tomon yo‘l olishdi
«Unda ishtirok etgan yurtimizdagi taniqli sport faxriylari so‘z olib, bunday madaniy tadbirlarning o‘tkazilishi sportchilarimizning yanada yuqori natijalar qayd etishida katta rol o‘ynashini alohida ta'kidlab o‘tishdi. Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga navbat berildi», – deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa'diyev, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Tohir Sodiqov hamda Rashid Xalikov va taniqli xonanda Ziyod Eshonxo‘jayev o‘z qo‘shiqlari bilan chiqish qildi.
Sportchilar nomidan Osiyo o‘yinlarining karate bo‘yicha sovrindori Barno Mirzayeva hamda kamondan otish bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni Zokirjon G‘ofurov so‘zga chiqdi.
«Bunday tadbirning o‘tkazilishi bizga yanada kuch bag‘ishlaydi. Biz sportchilar prezidentimizning ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rliklarini his qilib turibmiz. Nasib qilsa, Tokio Olimpiadasi litsenziyalariga ega chiqib, Olimpiya o‘yinlarida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga va'da beramiz», – dedi Barno Mirzayeva.
«Nega aynan ushbu sport turlari, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Boisi karatechilarimiz kelasi oy Madridda o‘tajak Premer-liga turnirida, kamonchilarimiz esa Bangkok mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga yo‘l olishadi.
Ahamiyatlisi, Bangkok turniri – merganlarimiz uchun yakkalik bahslarida Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma berishi mumkin bo‘lgan so‘nggi musobaqadir. Premer-liga esa Tokio Olimpiadasi yo‘lida yirik reyting ochko beradigan turnirlar sirasiga kiradi», – deya qayd etilgan MOQ xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, bundan keyin bu kabi madaniy tadbirlar federatsiya mutasaddilari bilan maslahatlashgan holda boshqa sport turlari bilan ham muntazam o‘tkazib boriladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gurbanguli Berdimuhamedov aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sportkarda sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 21:20
-
Dunyoda yana bir urush – Tailand va Kambodja o‘rtasida
Jahon | 21:18
-
Samarqand shahrining yoshi 3 ming yil deb qayta baholanadi
O‘zbekiston | 21:17
-
O‘zbekistonda zaharlangan rossiyalik jurnalist Papernayaning yaqinlari tovon puli oladi
O‘zbekiston | 21:11
Mavzuga oid

15:48 / 20.06.2024
Olimpiada oldidan kamondan otish bo‘yicha milliy jamoa sportchilari uchun fotosessiya tashkil etildi

13:21 / 04.11.2023
O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil qilinadi

12:02 / 21.10.2023
Karate milliy federatsiyasi negizida O‘zbekiston karate assotsiatsiyasi tashkil etiladi

07:29 / 24.09.2022