Prezident “Tadbirkorlik muhitini yaxşilaş va xususiy sektorni rivojlantiriş orqali barqaror iqtisodiy ösiş uçun şart-şaroitlar yaratiş borasidagi navbatdagi islohotlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Moliya vazirligining 2022 yil 1 maydan boşlab norezident jismoniy şaxsning Özbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari (dividendlar, foizlar va fraxtdan olinadigan daromadlardan taşqari) böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği stavkasini 12 foiz miqdorida belgilaş haqidagi taklifi ma’qullandi.

Moliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar böyiça qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat xizmatlari va funksiyalarini bajarişga xususiy sektorni keng jalb etişni jadallaştiriş böyiça qaror loyihasini kiritadi.

Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonunçilik talablarini inobatga olgan holda, Özbekiston rezidentlari yoki norezidentlari bölgan mijozlar uçun ularning şaxsiy iştirokisiz qimmatli qoğozlar uçun depo hisobvaraqlarini masofadan turib oçiş imkoniyatini yaratadi.