Isroil mudofaa vazirligining ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlari boşqarmasi hamda Rafael kompaniyasi öta kuçli lazer sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar berdi mamlakat mudofaa vazirligi.
Xabarga köra, namunaviy model dronlar, minomyot snaryadlari, raketalarni muvaffaqiyatli ravişda tuta olgan.
Rafael kompaniyasi uşbu tizimni Elbit Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda işlab çiqqan.
"Maqsadimiz – uşbu tizimni imkon boriça tezroq işga tuşiriş. Bu samarali, arzon va innovatsion himoya vositalariga ega böliş imkonini beradi", - dedi Isroil mudofaa vaziri Beni Gans.
Qayd etilişiça, Isroil hukumati mamlakat çegaralari böylab bir neçta lazer majmualarini joylaştirişni rejalaştirgan.
Mamlakat boş vaziri Naftali Bennet fevral boşlarida Isroil armiyasi bir yil içida yangi lazer tizimiga ega bölişini aytgandi. Uning sözlariga köra, tizimdan dastlab sinov rejimida Isroil janubida foydalaniladi, keyinroq esa mamlakatning barça qismlarida işga tuşadi.









