2022 yil 21 aprel kuni Adliya vazirligi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarçiligini kamaytiriş va kam ta’minlangan aholini bepul iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlaş” mavzusida davra suhbati ötkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar bermoqda.

Tadbirda butun dunyo böyiça oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarçiligi ortib borayotgani qayd etildi. BMT ma’lumotlariga köra, 2019 yilda dunyo böyiça işlab çiqarilgan jami oziq-ovqat mahsulotlarining 1,64 milliard tonnasi (jami oziq-ovqat mahsulotlarining 31 foizi) çiqindiga aylangan. Yöqotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining 25 foizi esa butun dunyodagi oçlik muammosini töliq hal qiliş imkoniyatini beradi.

Ma’lum qilinişiça, Özbekistonda har yili 3 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari çiqindiga aylanmoqda. Birgina Toşkent şahrida har kuni 2 tonnaga, yiliga 730 tonnaga yaqin non mahsuloti çiqindiga taşlanadi.

Tahlillarga köra, Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarçiligiga xayriya qilingan mahsulotlar uçun soliq yukining yuqoriligi, fudşering platformalarining mavjud emasligi, oziq-ovqat banklari faoliyatining yölga qöyilmaganligi kabi muammolar sabab bölmoqda.

Tadbirda oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarçiligini kamaytiriş borasida xorijiy davlatlarda qöllanilayotgan çoralar, xususan, xayriya faoliyati uçun soliq imtiyozlarini joriy etiş, fudşering platformalari va oziq-ovqat banklari faoliyatini rivojlantiriş, yaroqlilik muddatini belgilaş tizimini takomillaştiriş kabilarni Özbekistonda ham joriy etişga, bu böyiça qonunçilik hujjatlarini takomillaştirişga kelişib olindi.