Toşkent şahri, Yunusobod tumani, 4-mavzeda “OS MINORA” MÇJ quriliş firmasi tomonidan 2019 yilda qurilgan köp qavatli uydan kvartira sotib olgan uç nafar fuqaro quruvçi taşkilotidan norozilik bildirmoqda.

Kun.uz tahririyatiga murojaat qilgan fuqarolar – Nurxon Saidov, Javohir Iskandarov va Ziyoda Olimovaga köra, quriliş firmasi ularga hajmi şartnomada körsatilganidan sezilarli darajada kiçik bölgan kvartiralarni topşirgan.

Masalan, rafiqasi Şahnoza Sobirova nomiga uy olgan Nurxon Saidovning bildirişiça, quruvçi taşkilot undan 44 mln 600 ming söm köp pul olgan. Xususan, “OS MINORA” MÇJ va Şahnoza Sobirova örtasida 2019 yil 13 fevralda tuzilgan şartnomada sotib olinajak kvartiraning umumiy maydoni 75,8 kv metr ekani, narxi esa 379 mln sömni taşkil etişi belgilangan.

Quriliş yakunlangaç, kvartiraga berilgan kadastr hujjatida kvartiraning umumiy maydoni 66,88 kv metr (– 8,92 kv.m) ekani qayd etiladi.

 

“Quruvçi firma bilan beşinçi qavatdagi 75,8 kv metrli kvartirani har bir kv metriga 5 mln sömdan tölab, jami 379 mln sömga sotib olişga kelişdik. Pulini kelişilgan vaqtda töliq töladim. Ammo quriliş bitganidan söng, borib körsam, kvartira maydoni kiçikroqday tuyuldi. Keyinroq kadastr hujjati berilganida rostdan ham umumiy maydoni kelişilganidan salkam 10 kv metrga kiçik ekaniga amin böldim. Ortiqça tölangan pulni qaytarişini sörab quruvçi firma nomiga ariza yozdim. Biroq arizamga javob bölmadi”, – deydi Nurxon Saidov.

Şartnomaning 2.5-bandida kadastr xizmatidan keyin xonadonning şartnomada körsatilgan maydonidan 5 foizdan ortiq farq aniqlansa, kompaniya tomonidan qayta hisob-kitob qilinib, ortiqça tölangan summa qaytarib berilişi belgilangan.

Murojaatçilarga köra, bu farq hanuzgaça tölab berilmagan.