18-19 aprel kunlari Turizm va madaniy meros vazirligi, madaniy meros agentligi hamda Xorazm viloyati hokimligi jurnalistlar uçun Xorazm viloyatiga infotur taşkil qildi. Kun.uz muxbiri Içan-qal’a me’moriy yodgorligidan fotoreportaj tayyorladi.
Içan-qal’a Örta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlik bölib, Xivaning içki qal’a (Şahriston) qismi. Içan-qal’a şaharning Dişan qal’a (taşqi qal’a) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dişan qal’a)dan baland qörğontepaga öxşab körinadi. Içan-qal’aga 4 darvoza (Boğça darvoza, Polvon darvoza, Toş darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan. 26 gektar yer maydoni 2200 qalin paxsa devor bilan örab olingan.



Xon zamonida şahar darvozalarida bojxona bölgan. Kelgan sayyohlar şaharga kirişdan avval boj tölab kirgan, sarrofxonalarda pul ayirboşlangan. Qadimda kelgan mehmonlar qal’aning şarqiy qismida joylaşgan hammomda yuvinib poklanib kasalliklardan foriğ bölib, keyin şaharga kirişiga ruxsat berilgan.

19 asrda şahar darvozalari ertalab bomdodga azon aytilganda oçilgan, keçki payt xufton namozida yopilgan. Xiva şahrining 80 foizga yaqin tarixiy yodgorliklari jam bölgan. 1967 yilda şaharda muzey qöriqxona taşkil qilingan va 90-yillarda 100-tarixiy şahar bölib Markaziy Osiyoda birinçilardan Yuneskoning tasarrufiga kiritilgan.

Içan-qal’a markazida XX asr boşlariga tegişli noyob diniy muassasa – Islomxöja madrasasi me’moriy ansambl madrasaning özi va balandligi 45 metr bölgan minoradan iborat.

Içan-qal’aning şimol va janubida 2,500 aholi yaşaydi. Qiziği, Içan-qal’a içida yaşovçi aholi öz xonadonida mehmon uylarini taşkil qilgan. Qal’a içidagi aholi hunarmandçilik va uyidan oçgan mehmon uylaridan tuşgan foyda evaziga rözğor tebratadi.














