Şundan söng, Toşkent şahar IIBB savdo dökoni yopilgani, şu sababli arzonlaştirilgan narxda sotuv bölmasligini ma’lum qildi. Ajiotaj sabab Çilonzor tumani yöllarida bir neça kilometrlik tirbandliklar yuzaga keldi.

Kun.uz muxbiri voqea joyiga yetib borgan vaqtda savdo majmuasi oldida töplangan fuqarolar tarqatib yuborilganiga guvoh böldi.

Keyinroq qöşimça ma’lumot bergan poytaxt IIBB savdo majmuasi oldida 18 mingga yaqin fuqarolar töplangani, lekin majmua bir vaqtning özida şunça fuqaroni siğdira olmasligini bildirdi.

«Savdo majmuasi bir vaqtning özida bu kabi köplab fuqarolarni qabul qiliş imkoniga ega emasligi sababli, şuningdek fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaş maqsadida savdo majmuasi yopildi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan savdo majmuasidagi vaziyat nazoratga olindi», – deyiladi rasmiy bayonotda.

Foto: Toşkent şahar IIBB axborot xizmati
Foto: Toşkent şahar IIBB axborot xizmati
Foto: Toşkent şahar IIBB axborot xizmati

Şuningdek, IIBB kun issiqligi va tiqilinç bölganligi sababli bir nafar ayol huşidan ketgani, şu yerning özida unga birinçi tibbiy yordam körsatilib, uyiga yuborilganini ma’lum qildi.

Hozirga kelib, vaziyat huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan nazoratga olingan.