Ohayo ştatining Sinsinnati şahrida qurilişi boşlangan masjid AQŞdagi vatandoşlar tomonidan barpo qilinmoqda. Marosimda marhum şayx hazratlarining öğli Ismoil Muhammad Sodiq va boşqa şogirdlari ham qatnaşgan.

Özbekiston musulmonlari idorasining ma’lum qilişiça, imom-xatiblar şuningdek, Sinsinnati şahrida istiqomat qiladigan vatandoşlar bilan ham bir neçta uçraşuv va Ramazon oyi tadbirlarida iştirok etgan.

Foto: Özbekiston musulmonlari idorasi

Eslatib ötamiz, avvalroq özbekistonlik bir guruh ulamolar va imom-xatiblar 20 apreldan 2 mayga qadar Ramazon tadbirlarida iştirok etiş uçun AQŞga taşrif buyurişi ma’lum qilingan edi.

Şuningdek, bir neça kun avval Musulmonlar idorasi vakillari Özbekistonning Vaşingtondagi elçixonasi tomonidan AQŞ rasmiylari iştirokida taşkil qilingan iftorlikda ham qatnaşgan edi.