Yaponiyalik Kane Tanaka 119 yoşida vafot etdi, deb xabar berdi NHK telekanali.

Kane Tanaka 1903 yilda tuğilgan bölib, ikkita jahon uruşi va beşta imperator hukmronligini körgan. 

U 19 yoşida turmuşga çiqqan va tört farzand körgan, yana bir bolani asrab olgan. Uning eri va öğli ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan, bir öğli asirga olinib, 1947 yilda Yaponiyaga qaytgan.  

Kane Tanaka 103 yoşigaça oilaviy dökonni boşqargan.

U 2019 yil martda sayyoradagi eng keksa inson sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. 

Tanaka umrining oxirgi yillarida Fukuoka prefekturasidagi qariyalar uyida yaşagan. U yanvarda 119 yoşini nişonlagandi.