Qirğiziston vazirlar mahkamasi raisi Aqilbek Japarov özini yomon his qilgani uçun şifoxonaga yotqizildi.

Xabar qilinişiça, 57 yoşli siyosatçi yurak sohasidagi oğriqlardan şikoyat qilgan.

Japarov kardiologiya va terapiya milliy markaziga yotqizilgani aytilmoqda.

Tekşiruvlar Aqilbek Japarovda miokard infarkti yuz bermaganini körsatgan.

Şifokorlar uning holatini qoniqarli deb baholaşmoqda.

Japarov bir neça kun şifokorlar nazoratida böladi.