26-29 aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva şahrida «Lazgi» xalqaro raqs festivali ötkazildi. 

Tadbir  UNESCO,  Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida taşkil etildi. Unda 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar, raqs ansambllari iştirok etdi.

«Lazgi» Xorazmning qadimiy raqsi bölib, Özbekiston madaniy merosining elementi sifatida insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ röyxatiga kiritilgan. Bu haqdagi qaror 2019 yil 12 dekabr kuni UNESCO Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qiliş böyiça hukumatlararo qömitasi sessiyasida qabul qilingan edi.

Festival doirasida raqs san’atiga bağişlangan körgazma pavilonlari, milliy çolğu asboblari va liboslari, hunarmandçilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroşlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyişi hamda «Içon qal’a» majmuasi hududida ularning savdosi taşkil etildi.

Festivalning «Gran-Pri» boş mukofoti va 7 ming AQŞ dollarini xorazmlik raqqosa Dilnoza Ortiqova qölga kiritdi. 

Foto: Madaniyat vazirligi

«Lazgi» xalqaro raqs festivalining barça ğolib va sovrindorlari:

«Gran-Pri» va 7 000 $ - Dilnoza Ortiqova (Özbekiston)

«Eng yaxşi yakkaxon raqs ijroçisi»
1 - Gulnur Qosimbek (Qozoğiston), Şerzod Kenjaboyev (Özbekiston);
2 - Nitxi Misra (Hindiston), Feruza Azatova (Özbekiston); 
3 - Kristina Kovrova va Nikita Gruzdev (Rossiya), Nereya Fernandes (Ispaniya).

«Eng yaxşi raqs jamoasi»
1 - «Tumor» (Özbekiston); 
2 - «Navbahor» (Özbekiston), Ozarboyjon davlat aşula va raqs ansambli;  
3 - «Şattiq» (Qirğiziston), «Inegol» (Turkiya); 

Foto: Madaniyat vazirligi