Özi nima gap?
Ötgan haftada Milliy xavfsizlik kotibi Aleksandro Mayorkas Vakillar palatasining mablağlari böyiça içki xavfsizlik quyi qömitasining budjet muhokamasi çoğida «Dezinformatsiyani boşqariş kengaşi» internetda dezinformatsiya tarqalişiga qarşi kuraşiş uçun tuzilganini aytdi.
Payşanba kungi brifingda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki kengaş mavjudligini tan oldi va prezident Jo Bayden uni qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi. Psaki uşbu kengaş COVID-19 va saylovlar kabi mavzular böyiça dezinformatsiyani kuzatib borişidan taşqari boşqa ma’lumotlarni aytolmasligini ta’kidladi.
Milliy xavfsizlik departamenti yangi kengaşga davlat xavfsizligiga oid, xususan, noqonuniy migratsiya va Rossiya bilan boğliq dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş vazifasi yuklatilganini ma’lum qilgan.
Wall Street Journal DGB’ni (Disinformation Governance Board – dezinformatsiyani boşqariş kengaşi) Stalinning KGBsiga qiyoslagan.
«Ajablanarlisi, byuroning qisqartmasi – DGB KGB bilan atigi bitta harfda farqlanadi», deb yozdi naşr.
Nega Baydenning yangi byurosi «Haqiqat vazirligi» deb qabul qilindi?
Konservativ siyosatçilar va şarhlovçilar Bayden ma’muriyatini internetda dezinformatsiya tarqalişiga qarşi kuraşişga yangi byuro taşkil etgani uçun tanqid qilişdi. Uşbu tanqidçilarning ba’zilari uni Jorj Oruellning 1984 yildagi distopik (katta azob-uqubat yoki adolatsizlik mavjud bölgan xayoliy davlat yoki jamiyatga tegişli) romanidagi xayoliy byuro – «Haqiqat vazirligi» bilan taqqoslaşdi.
Jorj Oruellning uşbu durdona asari bilan taniş bölmaganlar uçun asardagi «Haqiqat vazirligi»ni Okeaniyaning tarğibot va senzura bölimi, Oruell distopiyasining xayoliy muhiti deb ta’riflaş mumkin.
Oruellning klassik romani qahramoni Uinston Smit yangiliklar, köngiloçar, san’at va ta’limdan olingan ma’lumotlarni nazorat qiluvçi davlat idorasi – Haqiqat vazirligida işlaydi. Smitning vazirlikdagi roli tarixiy yozuvlarni romandagi hukmron totalitar partiyaning yetakçisi/ramzi bölgan katta oğaning xohişlariga moslaştirib tuzatişdir.









