Yevropa ittifoqi Rossiya tomonidan tarqatilayotgan dezinformatsiyaga qarşi kuraş strategiyasini özgartirmoqda: endi feyklarni foş etiş (faktçeking) örniga aholi mediasavodxonligiga tayanadi, deb xabar berdi 4 mart, çorşanba kuni Fransiyaning Le Monde gazetasi. 

YeIning bu yangi yönalişi fevral oxirida iş boşlagan Yevropa “Demokratik barqarorlik markazi” (Centre de democratic resilience) faoliyati uçun asos qilib olindi. U markaz Rossiya va boşqa rejimlar tomonidan amalga oşiriladigan axborot hujumlariga Yevroittifoq davlatlarining javob çoralarini muvofiqlaştiriş bilan şuğullanadi. Namuna sifatida Finlandiya tanlangan: u yerda aholiga mediasavodxonlik boşlanğiç maktabdanoq örgatiladi va u mamlakatda Yevropada OAV hamda davlat institutlariga işonç darajasi eng yuqori, deb yozadi naşr.

Yevrokomissiyaning 2025 yilgi hisobotiga köra, Rossiya axborot ta’siri nuqtai nazaridan Yevroittifoqda eng zaif mamlakat — Fransiya. Bunga sabab sifatida aholining psixologik çarçaganligi va mamlakat içidagi siyosiy qutblaniş keltiriladi, deb hisoblaydi Bruno Courtois — Cercle Pégase (dezinformatsiyaga qarşi kuraşga ixtisoslaşgan tahliliy markaz) koordinatori. 2021 yildan buyon Fransiyada Viginum nomli innovatsion davlat xizmati işlaydi — u xorijiy raqamli aralaşuvga qarşi kuraş bilan şuğullanadi. Yaqin orada mamlakatda axborot manipulyatsiyalariga qarşi kuraş akademiyasi ham taşkil etilişi kutilmoqda.

Le Monde qayd etişiça, Rossiya çet eldagi propagandistik operatsiyalar uçun yiliga taxminan 1,3 mlrd yevro sarflaydi. Yevroittifoq esa 2025 yilda mediasavodxonlikni oşiriş va dezinformatsiyaga çidamlilikni kuçaytiriş uçun bor-yöği 5 mln yevro ajratgan.