Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi raisi Komil Allamjonov Özbekiston matbuot erkinligi indeksida 133-öringa çiqqaniga munosabat bildirdi.
“Bugun “Çegarasiz reportyorlar” söz erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingida Özbekiston öz körsatkiçlarini 24 poğonaga yaxşilab, 157-örindan 133-öringa kötarildi. Bu degani, agarda matbuotga kamroq xalaqit berilsa, bundan-da baland natijaga kötariliş uçun imkoniyatimiz bor.
Prezident aytganlaridek, ortga yöl yöq! Faqat oldinga!” – deya yozdi Allamjonov Telegram-kanalida.
Fond rahbari, şuningdek, jurnalist va blogerlarga murojaat qildi.
“Jurnalist va blogerlarga murojaat qilib şuni aytmoqçimanki, erkinlik, ozodlik faqat kuraşlar orqali qölga kiritiladi. Şunday ekan, qölingizni aslo tuşirmang, hurmatli hamkasblar. Biz agar hafsalamizni pir qilsak, qörqsak, inson qadri bu yurtda heç qaçon baland bölmaydi. Inson huquqlari, adolat yöqoladi. Çunki matbuot vaksinasi quturişga qarşi eng samarali vositadir. Ayrimlarning tişlaşiga yöl qöymaylik. Huquqiy bilimimizni oşiraylik. Millatimiz, farzandlarimiz ertangi kuni uçun ham tinmaylik. Haqiqiy 4-hokimiyatga aylanaylik. Hammasi öz qölimizda.
3 may muborak!”
3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni bilan media sohasi vakillarini Mass-media fondi raisi örinbosari Saida Mirziyoyeva ham tabrikladi.

“Aziz hamkasblar, sizlarni qöşaloq bayram – Xalqaro matbuot erkinligi kuni va mamlakatimizning “Çegara bilmas muxbirlar” reytingida 24 poğona yuqoriga – 157-dan 133-öringa kötarilgani bilan tabriklayman!
Biz olti yil davomida uşbu saytda yaşil körsatkiç harakatini kuzatib bordik va har qanday kiçik yutuqqa ham quvondik. Bugun esa keskin kötarildik.
Xalqaro vaziyatni inobatga olgan holda, bu nafaqat ğurur va xalqaro hamjamiyat tomonidan sa’y-harakatlarimizning e’tirof etilişiga sabab, balki keyingi rivojlaniş uçun javobgarlikni anglaşga turtkidir.
Biz top 5 talikka kirib, tabassum bilan hozirgi 133-örinni eslaydigan kun kelişini kutib qolaman.









