Hujjatda aytilişiça, sönggi yillarda davlat iştirokidagi korxonalar tomonidan körsatilayotgan homiylik yordamlari oşmoqda. Davlat iştirokidagi 29 ta yirik korxona tomonidan 2020-2021 yillarda amalga oşirilgan homiylik yordamlari tahlil qilinganda, 2021 yilda ulardagi jami homiylik ötgan yilga nisbatan deyarli ikki barobarga köpaygani aniqlangan.

Bildirilişiça, amalga oşirilgan har bir homiylik mablağlari davlat iştirokidagi korxonalar bevosita xarajatlari hisoblanib, ularning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir etadi va ular tomonidan davlat uluşi böyiça hisoblanadigan dividendga ta’sir ötkazadi, korxonalar aylanma mablağlari maqsadsiz işlatilişiga olib keladi.

Şunga köra, davlat iştirokidagi korxonalar tomonidan homiylik yordamlariga ajratiladigan mablağlarni tartibga soliş va qisqartiriş maqsadida ularning eng yuqori çegarasini kamaytiriş taklif etilmoqda.

Qonun loyihasi 3-moddadan iborat bölib, unda “Homiylik töğrisida”gi qonun 5-moddasiga ustav fondida davlat uluşi 50 foiz va undan yuqori bölgan xöjalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari ötgan yilda olingan sof foydaning 3 foizidan (amalda 10 foiz) oşmasligi kerakligi, bundan Özbekiston prezidenti va hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasnoligi bilan boğliq özgartiş kiritiş nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanişiça, qonun loyihasi qabul qilinişi davlat iştirokidagi korxonalarda homiylikni amalga oşiriş tartibga solinişiga, jumladan davlat iştirokidagi korxonalar mablağlaridan samarali foydalanilişiga, maqsadsiz va samarasiz yönalişlarga homiylik mablağlari ajratilişi oldi olinişiga va korxonalar homiylikka yönaltiriladigan mablağlari uç barobargaça iqtisod qilinişiga xizmat qiladi.