AQŞ prezidenti Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden Rossiya prezidenti Putinga murojaat qildi. Yaqinda Ukrainada bölib qaytgan AQŞ birinçi xonimining Putinga murojaat bilan tugagan safar taassurotlari haqida çiqişi CNN'da e’lon qilindi.

Jill Bayden Ukrainaga safari vaqtida Volodimir Zelenskiyning rafiqasi Yelena Zelenskaya bilan ham uçraşgandi. Ukraina birinçi xonimi Bayden xonimdan ruhiy zöriqişga uçragan ukrainaliklarga madad berişda yordam söragan.

«Inson uruş maydonidan özgarmay çiqolmaydi, alam odamning yuzini qaritadi. Men körgan onalarning köz yoşi közining bir burçagida qotib qolgandek, özlarini zörğa yiğidan tiyib turgandek edi. Ular farzandlarining soçini xuddi bu oxirgi marta bölayotgandek avaylab silardi. Ularning közida qat’iyatni köriş mumkin, ammo çökib qolgan yelkalari qançalik qiynalganidan nişona. Ularda nimadir yetişmaydi – quvonç va ayollargina tuşunadigan oddiy ohang.

Men Slovakiya va Ruminiyada uçratgan ukrainalik onalar tuni bilan bombalardan qoçib çiqqani, bir neça kun yegulik va hatto quyoşsiz yaşaganlarini aytib berişdi. Ujgorodda men uçratgan ona oilasi bilan ovqat qidirib köçaga çiqqanida, rossiyalik askarlar nonga navbatda turgan odamlarni otib taşlaganini aytib berdi.

24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, odamlar hatto oyoq kiyimsiz bir neça çaqirim masofaga qoçişga majbur bölgan. Bu haqda çegaraçilar gapirib berişdi. Yelena Zelenskaya men bilan gaplaşib, xalqi uçun yordam sörayman deb öz bolalarini bombapanada qoldirib çiqdi. U uruş dahşati sabab ruhiy qiyinçilikka uçragan odamlarga yordam berişimizni söradi.

Biz bir-birimizni onalar kuni bilan tabrikladik. Amerikalik onalar nomidan ukrainalik onalar bilan birga ekanimizni aytdim. Men körgan onalar ham yana kulişini juda istadim. Bu uçun esa uruş tugaşi kerak. Janob Putin, iltimos, bu bema’ni va qattol uruşni töxtating», deb yozgan AQŞ birinçi xonimi CNN'dagi mualliflik kolonkasida.

7 may kuni Ruminiya va Slovakiyada ukrainalik qoçoqlar bilan uçraşgan AQŞ birinçi xonimi 8 may kuni Ukrainaning Ujgorod şahrida Yelena Zelenskaya bilan birga boşqa hududdan qoçib kelgan bolalar tahsil olayotgan maktabga borgandi. «Ukrainaliklarning matonatidan butun dunyo kuç olsa arziydi», degandi öşanda Jill Bayden.