O‘qituvchilarga hurmatsizlik ularning qanday ishlashini bilmaslik sabab paydo bo‘ladi – PISA asoschisi
PISA xalqaro tadqiqoti asoschisi Andreas Shlyayxer O‘zbekistonga tashrifi davomida Kun.uz muxbirining jamiyatda o‘qituvchi mavqeyini oshirish uchun qanday yo‘l tutish samarali bo‘lishi mumkinligi haqidagi savoliga javob berdi.
“O‘qituvchilar qanchalik ko‘p jamiyat bilan, ota-onalar bilan aloqada bo‘lsa, jamiyat ham ularning mehnatini shuncha ko‘p hurmat qiladi. Ko‘pincha o‘qituvchilarga hurmatsizlik ularning qanday ishlayotganini bilmaslikdan kelib chiqadi.
Afsuski, ko‘plab ota-onalar uchun maktab hali ham qora quti bo‘lib qolmoqda, chunki maktablar ota-onalar bilan yetarlicha yaqin bo‘la olmayapti. Ta’lim tizimida o‘qituvchilar va jamiyat qanchalik bir biriga chambarchas bog‘liq bo‘lsa, pedagogika ham shunchalik umidbaxsh sohaga aylanib boraveradi”, deydi PISA asoschisi.
Andreas Shlyayxerning misol keltirishicha, o‘qituvchilar maoshi o‘rtacha bo‘lishiga qaramay Estoniyada har 7-8 kishidan biri o‘qituvchi bo‘lish uchun hujjat topshiradi. Hamma davlatlarda ham bunday emas, tanqisliklar mavjud. Buning sababi esa o‘qituvchi mehnati yuzaga chiqara olinmayotgani bilan bog‘liq.
Pandemiya ham ota-onalarga bolalarni o‘qitish qanchalik qiyin ekanligini ko‘rsatdi. Aslida, jamiyatimizdagi eng kerakli kasblardan biri ham o‘qituvchilikdir, lekin buni doim ham bilishmaydi. Pandemiya hukmron payti esa ko‘plab ota-onalar ta’lim jarayoniga aralashdi va ular o‘qituvchilar qanday ishlashini his qildi.
“O‘ylaymanki, oilalar va o‘qituvchilar o‘rtasida qanchalik ko‘p aloqa o‘rnatilsa, o‘qituvchilik kasbining mavqeyi shunchalik ko‘tariladi. Demak, bu – o‘z qo‘limizda. O‘qituvchilik kasbining maqomi o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Bu o‘qituvchilarning mehnati va maktablar faoliyati, so‘ng esa maktablarning jamiyat bilan qay darajada bog‘langanligi natijasida sodir bo‘ladi”, deydi Andreas Shlyayxer.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xiaomi Redmi A5’ni taqdim etdi: kuchli kameralar va yuqori samaradorlik yangi dizaynda
O‘zbekiston | 15:00
-
«Xalqaro institutlar bugun samarasiz bo‘lib boryapti» – prezident global iqtisodiy holat haqida
O‘zbekiston | 14:44
-
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi
O‘zbekiston | 14:12
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
Mavzuga oid

14:59 / 10.04.2025
Toshkentda kasb kasaliga chalinib, mehnat huquqlari buzilgan o‘qituvchiga 337 mln so‘m undirib berildi

13:31 / 18.03.2025
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

12:23 / 13.03.2025
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi

18:11 / 02.03.2025