Vazirlar Kengaşining tegişli qarori bilan Qoraqalpoğistondagi har ikkala vazir Prezident taşrifi davomida berilgan topşiriqlar ijrosini ta’minlaşda kamçiliklarga yöl qöygani uçun ogohlantirilgan.

Baxitjan Habibullayev

Vazirlar Kengaşi Raisining örinbosari — Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Baxitjan Habibullayev qat’iy ogohlantirilgan. Bunga Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2022 yil 23-24 fevral kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi davomida berilgan topşiriqlar va 25 fevral kuni ötkazilgan yiğiliş bayonida belgilangan topşiriqlar ijrosini ta’minlaşda kamçiliklarga yöl qöygani sabab bölgan.

Sultanbay Saparov

Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi transport vaziri Sultanbay Saparovga nisbatan hayfsan e’lon qilingan. U Prezident hujjatlari hamda topşiriqlarining bajarilişini taşkil qiliş, hujjatlar bilan işlaş, ijro intizomini nazorat qiliş, topşiriqlar ijrosini ta’minlaşda yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etiş yuzasidan öz vaqtida zarur çoralar körmagan. Şunga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Investitsiyalar va taşqi savdo, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş masalalari böyiça kotibiyati boşliği A.Seytjanovga ham hayfsan e’lon qilingan.

Bundan oldin Qoraqalpoğistonda transport vaziri va hokim örinbosari jarimaga tortilgandi.