O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan “IMKON” savdo markazi Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida, Namangan viloyati Norin tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida hamda Andijon viloyati Marxamat tumani Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan “IMKON OLIMPIADASI” tanlovini o‘tkazdi. Yuqoridagi sanab o‘tilgan hududlarning har birida 50-60 nafardan ziyodroq o‘quvchilar tanlovda qatnashib, o‘z bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad: o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasidagi iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Barcha hududlardagi “IMKON olimpiadasi” ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Natijalar shu kunning o‘zidayoq ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra:

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida o‘tkazilgan “IMKON OLIMPIADASI” g‘oliblari:

1-o‘rin sohibi: 39-o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Islomjon Rahmonov va uning o‘qituvchisi Nilufar Ahmedova.

2-o‘rin sohibi: Xorijiy tillarga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi o‘quvchisi Izzatbek Abdulhamidov va uning o‘qituvchisi Ostonqul Mirzayev.

3-o‘rin soxibi: 32-o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Hojimurod Zaylobiddinov va uning o‘qituvchisi Jahongir Saydaliyev. 

Namangan viloyati Norin tumanida o‘tkazilgan “IMKON OLIMPIADASI” g‘oliblari:

 

1-o‘rin sohibi: 14-DIMI o‘quvchisi Doniyor Tursunboyev va uning o‘qituvchisi Elyor Parpiyev.