Qömita xabariga köra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida Özbekiston 13 ta davlatdan qiymati 46,8 mln AQŞ dollariga teng bölgan 269 ming tonna kartoşka import qilgan.
Kartoşka importi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda qariyb 38,3 ming tonnaga oşgan.
2022 yilning dastlabki 4 oyida Özbekiston kartoşka import qilgan davlatlar orasida Pokiston yetakçilik qilmoqda – 211,3 ming tonna.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:
- Qozoğiston – 22,4 ming tonna;
- Rossiya – 14,4 ming tonna;
- Qirğiziston – 8,8 ming tonna;
- Eron – 5,6 ming tonna;
- Afğoniston – 4 ming tonna;
- Niderlandiya – 1,5 ming tonna;
- Belarus – 631,6 tonna;
- Polşa – 431,2 tonna.












