2022 yil yanvar oyidan abituriyentlarning bilimini sinovdan ötkaziş, test materiallari bilan işlaş könikmasiga ega bölişi uçun Davlat test markazi OTMning bakalavriat ta’lim yönalişlariga kiriş test sinovlari formatidagi diagnostik test xizmatini yölga qöygandi.
DTM xabariga köra, oliygohlarga kiriş uçun ötkaziladigan test sinovlariga qisqa muddat qolgani sababli bu xizmat töxtatiladi. my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qiliş 30 may kuni 10:00 da yakunlanadi.
Bunda e-DTM tizimi işlaşda davom etadi va talabgorlar @e_dtm_bot telegram boti orqali test materiallariga onlayn buyurtma berişlari mumkin böladi.
Eslatib ötamiz, kiriş imtihoni ötkazilayotgan yildan oldingi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida iştirok etişi uçun BHMning yarim baravari (1-iyundan 150 ming söm) miqdorida tölov undiriladi.
Öqişni test ötkazilayotgan yili tugatgan bitiruvçilar, nogironligi bölgan şaxslar va mehribonlik uylari bolalari, bolalar şaharçasi bitiruvçilaridan bunday tölov undirilmaydi.
Prezident farmoniga köra, 2022 yildan tölov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi yana ikkitaga köpaygan. Ya’ni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida röyxatga olingan şaxslar va ularning farzandlari, qolaversa, «Yoşlar daftari»ga kirgan yoşlar ham imtihon uçun pul tölaşmaydi.








