2022-2023 öquv yilida OTMlar bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, keçki va masofaviy ta’lim şakllari böyiça davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qiliş parametrlarining ta’lim yönalişlari va öqitiş tillari böyiça taqsimlanişi e’lon qilindi. Töliq variantni DTMning rasmiy kanali orqali yuklab oliş mumkin.
Qabul 20 iyundan boşlangan bölsa-da, hozirgaça kvotalarning tillar kesimidagi taqsimoti hali tasdiqlanmagan edi. Kvota tasdiqlanişidan bir kun oldin abituriyentlarga yönalişni tanlaş imkoni berildi.
Eslatib ötamiz, OTMlarga qabul 20 iyulgaça, çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladigan bakalavriat ta’lim yönalişlariga qabul esa 10 iyulgaça bölib ötadi.
Bu yilgi qabulda abituriyentlar 5 tagaça OTM va yönaliş tanlaşi, grant ustuvorligini belgilaşlari mumkin. Yana asosiy yangiliklardan biri abituriyentlarga turli ta’lim şakllari: kunduzgi, keçki, sirtqi va masofaviy ta’lim şakllarini bir paytning özida tanlaş imkoni ham berilgan.












