Mountain Dew 4x4 ğildirak formulali avtomaşinalar sohiblariga unutilmas hislarni taqdim etdi. Aniqroği, uşbu brend homiyligida yöltanlamas avtoulovlar iştirokidagi OFFROAD MIX CHALLENGE havaskor poygaçilar musobaqasi ötkazildi.

Bu şunçaki poyga emas, avtomobil işqibozlari uçun mislsiz maroq, kötarinki ruh va zavq-şavq bağişlagan kun sifatida yodda qoldi.

Musobaqada bir vaqtning özida bir neçta tarkibiy qismlar - trial jipi, sprint jipi va GPS möljal kabilar qamrab olindi. Tadbir maxsus tayyorlangan, signal lentasi bilan öralgan va bir neçta bölimlarga bölingan yopiq trassada ötkazildi. Iştirokçilar esa layt va ekstrim toifasiga bölindi.

Bu kabi yorqin va öziga xos tadbirlar brendning asosiy ğoyalari tarğibotida muhim ahamiyatga ega. Sir emaski, Yevropada maşhur içimlik sanaladigan Mountain Dew mamlakatimiz bozoriga yaqinda kirib kelgan bölsa-da, qisqa vaqt içida öz xaridorlarini topib ulgurdi. Brend yoşlik, döstlik va sarguzaştlar ramzi sifatida iste’molçilar könglidan tobora çuqurroq joy egallab bormoqda. Poyga mavzusi ham ana şu yönalişga töliq mos keladi. 

Eng muhimi, brend uşbu turdagi tadbirlarni qöllab-quvvatlaş, sport avtoturizmini ommalaştiriş, içki turizmni rivojlantiriş, soğlom va faol turmuş tarzini tarğib qiliş, sportçilarning texnik-taktik mahoratini oşiriş, eng kuçli sportçilarni aniqlaş va ular orasida özaro tajriba almaşinuvini rağbatlantirişga baholiqudrat hissa qöşmoqda.

Tadbir doirasida, şuningdek, Mountain Dew brendi Toyota land cruiser 70 avtomobilida iştirok etgan poygaçilar bilan hamkorlikni yölga qöydi. Uşbu avtomobil ekstrim toifada qatnaşib, poygalarda faxrli birinçi örinni egalladi.